Dunyo oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib qoldi: Sudan haqida kim qaygʻuradi?
2010 yillarda Suriya va Livandagi mojarolar haqidagi
xabarlar vaqti-vaqti bilan gazetalarda paydo boʻldi, ammo Yamandagi inqiroz
unutib qoʻyildi. Afsuski, bu yil Gʻazo, Ukraina va Livandagi mojarolar tufayli
Sudan eʻʻtibor roʻyxatidan pastga tushib ketdi. Kelgusi yilda butun dunyodagi
hukumatlar va axborot agentliklari Sudandagi voqealarga eʻʻtibor qaratishlari va
sudanliklarning hikoyalariga munosib eʻʻtibor berishning yangi usullarini oʻylashlari
kerak. Britaniya
Islomiy yordam tashkiloti direktori Tufail
Husayn
maqolasidan.
Oʻtgan yil boshida gumanitar inqiroz koʻlamini oʻz koʻzim
bilan koʻrish uchun Sudanga bordim. Koʻrganlarim esa meni larzaga soldi.
Butun
oilalar kuniga atigi bir mahal ozgina ovqat bilan kun oʻtkazishga majbur
boʻlishmoqda, IDP (ichki koʻchirilganlar) lagerlari koʻchib kelayotganlarning
koʻpligi tufayli toʻlib-toshib ketgan va odamlar zoʻravonlik hamda vahshiyliklar
haqidagi dahshatli voqealarni soʻzlab berishmoqda. Biroq meni eng hayratga solgan
narsa xalqaro eʻʻtiborning yoʻqligi boʻldi.
Sudandagi
urush dunyodagi eng ogʻir ochlik va ichki koʻchirilganlar inqirozini keltirib chiqardi.
11 milliondan ortiq inson, bu London
va Birmingem shaharlarining umumiy aholisidan ham koʻp, uy-joylarini
tashlab, mamlakat ichida boshqa joylarga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan.
Mamlakat
aholisining yarmi, yaʻʻni 25,6 million kishi oziq-ovqat bilan
etarlicha
taʻʻminlanmagan, yaʻʻni ular keyingi ovqatni qachon eyishlarini bilishmaydi. Urush
dehqonlarni erlaridan haydab, bozorlarni ship-shiydon qilgani, odamlarni insonparvarlik yordamidan
mahrum etgani sababli Darfur viloyatida ocharchilik boshlandi.
Shunday
boʻlsa-da, mojaro boshlangan 2023 yil aprelidan beri bu miqyosdagi gumanitar inqiroz
xalqaro eʻʻtiborni unchalik jalb etmadi. Port-Sudan va Gedarefdagi IDP lagerlariga tashrif buyurganimda,
birorta ham jurnalistlar
jamoasini uchratmadim. Yigirma yil ilgari Sudan inqirozi bu darajada eʻʻtiborsiz
qolishi mutlaqo tasavvurga sigʻmasdi.
Albatta,
butun mamlakat boʻylab hukm surayotgan tartibsizliklar tufayli jurnalistlar uchun katta
qiyinchiliklar mavjud va inqiroz haqida xabar berishga uringan mahalliy jurnalistlar jiddiy
xavf-xatarlarga duch kelishmoqda. Shunga qaramay, soʻnggi oylarda baʻʻzi ajoyib
reportajlar ham eʻʻlon qilindi.
Biroq
yoritish koʻlami voqealar miqyosiga mos kelishi nihoyatda muhim. Ommaviy axborot
vositalarining eʻʻtiborisiz Sudanga juda zarur boʻlgan siyosiy, diplomatik va
gumanitar harakatlar amalga oshmay qolishi mumkin.
Xoʻsh,
nima uchun Sudan eʻʻtibor markazida boʻlish uchun kurashmoqda? Sudanni diqqat
markazidan chetda qoldirayotgan bir qator turli omillar mavjud.
Dunyo oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib qoldi
Afsuski,
menimcha, dunyo miqyosida biz boshqa odamlarning muammolaridan yuz oʻgirib, oʻzimiz
bilan oʻzimiz ovora boʻlib qoldik. Soʻnggi yillardagi global
iqtisodiy inqiroz butun dunyoda, jumladan, oʻz yurtimiz Britaniyada ham qashshoqlik
va azob-uqubatlarni yanada kuchaytirdi.
Britaniya
Islomiy yordam tashkilotida mamlakatlarimizdagi tobora ortib borayotgan
qashshoqlik darajasini yumshatishga harakat qilayotganimiz sababli ichki dasturlarimiz
yildan-yilga kengayib bormoqda. Afsuski, bu
boshqa mamlakatlardagi odamlarning azob-uqubatlari eʻʻtiborimizga loyiq emas, deb
hisoblanayotganini anglatadi.
Bundan tashqari, baʻʻzi ommaviy axborot vositalarining Britaniyaga
kelishga urinayotgan qochqinlar va boshpana izlovchilarni qanday yomonlayotganini
koʻrdik. 30 yil oldin vahshiyliklar va inson huquqlari poymol qilinishidan
qochayotgan odamlardan yuz oʻgiramiz, deb kim oʻylardi deysiz?
Afsuski,
menimcha, koʻplab aziyat chekayotganlarni oʻz tirikchiliklariga tahdid solishi mumkin
boʻlgan "begonalar" sifatida koʻrishmoqda, chunki bu erda koʻpchilik tobora
yomonlashib borayotgan iqtisodiy vaziyat bilan kurashmoqda.
Soʻnggi
oʻn yillikda Afrikadagi inqirozlar eʻʻtiborni jalb qilishga qiynalmoqda. Somali
dahshatli qurgʻoqchilikka duch kelganini qancha odam biladi?
Yoki
Kongo Demokratik Respublikasini shafqatsiz toʻqnashuvlar vayron qilayotganini-chi? Bugungi
kunda Afrika qitʻʻasi koʻpincha qoralanadi, chunki u erda gumanitar inqirozlar
oddiy hol degan zararli stereotiplar avj olgan.
Irqchilik
va ongsiz (yoki ongli) notoʻgʻri tasavvurlar bilan dastaklangan bunday asossiz
qarashlar Gʻarb odamlari uchun Afrikadagi muammolarni eʻʻtiborsiz qoldirishni osonlashtirdi.
Aslida,
biz ushbu inqirozdan aziyat chekkan boshqa oilalarga gʻamxoʻrlik qilish yoʻlida eng koʻp
harakat qilayotganlar sudanliklarning oʻzlari ekanligini koʻrdik. Mahalliy
jamoalar ichki koʻchirilganlarni oʻz uylarida kutib olishdi va oziq-ovqatlarini
baham koʻrishdi. Mahalliy jamoat oshxonalari va yoshlar boshchiligidagi guruhlar shu
paytgacha gumanitar yordamning asosiy tayanchi boʻlib xizmat qildi, ammo ular
inqirozning koʻlami tufayli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.
Siyosiy echimlar
Qitʻʻadan
tashqaridagi global kuchlar BMT qurol embargosini eʻʻtiborsiz qoldirib, Sudandagi
kabi inqirozlarni avj oldirmoqda. Bu masalaga eʻʻtiborsizlik juda katta zarar
olib keladi, zero odamlar kamroq qaygʻursa, siyosiy harakatlarga nisbatan bosim
ham shuncha kamayadi. Eng muhimi, insonparvarlik yordami hech qachon etarli boʻlmaydi –
shu bois siyosiy va diplomatik echimlar zarur.
Jamoatchilik
tushunchasi va xabardorlikning etishmasligi inqirozga salbiy taʻʻsir koʻrsatdi.
"Britaniya Islomiy yordam tashkiloti" va "Savanta" xizmati
oʻtkazgan soʻrovga koʻra, Britaniyadagi katta yoshdagilarning 70 foizi Sudandagi
hozirgi inqiroz haqida hech narsani bilmaydi.
Nihoyat,
Sudan mojarosining joriy davri uning ziyoniga ishladi, chunki ayni paytda dunyoning
bor diqqati Gʻazosidagi dahshatli inqirozga qaratilgan. 2023 yil oktyabrdan beri
Gʻazo yangiliklar xizmati xorijiy boʻlimlarining sarlavhalarida hukmronlik
qilmoqda va bu asosli.
Mazkur hududda koʻrayotganlarimiz gʻoyat fojiali, chunki Isroil harbiy kuchlari Falastin xalqiga nisbatan shafqatsizlik ustiga shafqatsizlik sodir etmoqda. Bu Gʻazo kamroq yoritilishi kerak degani emas. Gʻazo aholisi misli koʻrilmagan inqirozga duch kelmoqda, ammo hamon oʻt ochishni toʻxtatishga harakat qilinayotgani yoʻq. Axborot agentliklari falastinliklarning azob-uqubatlari tugamasidan vayronagarchilik haqida xabar berishni toʻxtatmasligi kerak.
Global yangiliklar kun tartibi koʻpincha bir vaqtning oʻzida bir nechta gumanitar voqealarni yoritishga qiynaladi. 2000 yillarga nazar solsak, Sudanning Darfur mintaqasidagi inqiroz katta yangilik edi, Kongo Demokratik Respublikasidagi voqealar esa eʻʻtibordan chetda qolgandi.
2010 yillarda Suriya va Livandagi mojarolar haqidagi xabarlar vaqti-vaqti bilan gazetalarda paydo boʻldi, ammo Yamandagi inqiroz unutib qoʻyildi. Afsuski, bu yil Gʻazo, Ukraina va Livandagi mojarolar tufayli Sudan eʻʻtibor roʻyxatidan pastga tushib ketdi.
Kelgusi yilda butun dunyodagi hukumatlar va axborot agentliklari Sudandagi voqealarga eʻʻtibor qaratishlari va sudanliklarning hikoyalariga munosib eʻʻtibor berishning yangi usullarini oʻylashlari kerak.
Xalqaro
jurnalistikaning roli juda muhim va qoʻllab-quvvatlanishi lozim, zero, yuqori
sifatli reportajlar hukumatlarning Sudan inqirozini hal
etish uchun diplomatik va gumanitar echimlar bilan harakatga kelishi yoki kelmasligini
hal qiluvchi omil boʻlishi mumkin.
Tufail Husayn, Britaniya Islomiy yordam tashkiloti
direktori