29.07.2025 16:36
53
Sudanda 825 ming bolaning hayoti xavf ostida qolmoqda
YuNISEF maъlumotlariga koʻra, qamal ostidagi Shimoliy Darfur viloyatida taxminan 825 000 nafar bolaning hayoti xavf ostida qolmoqda.
Gap shundaki, mintaqada oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori-darmon etishmovchiligi darajasi oshib boryapti. 457 ming bola toʻyib ovqatlanmaslik tufayli ogʻir kamqonlikdan aziyat chekmoqda. 146 ming nafar bolaning ahvoli oʻta ogʻir.
Viloyatdagi al-Fashir shahri etti oydan beri qamal ostida, Sudan armiyasi va Tezkor yordam kuchlari oʻrtasidagi janglar tufayli gumanitar yordam etkazilmayapti.
Ichimlik suvi tarmoqlari vayron qilingan, yoqilgʻi etishmaydi, epidemiyalar xavfi ortib bormoqda. BMT va YuNISEF tomonlardan zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishni talab qilmoqda. Biroq 2025 yil uchun moʻljallangan gumanitar yordam rejasi ham hozircha faqat 21% moliyalashtirilgan, yana kamida 4,2 milliard dollar mablagʻ zarur.