29.09.2025 17:57
133
Sudanda RSF jangarilari katta hujumga tayyorlanmoqda – OAV
Sudan Tribune maъlumotlariga koʻra, BAA tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan Tezkor harakat kuchlari (RSF) Shimoliy Darfur va uning atrofidagi hududlarga yirik hujum boshlashni rejalashtirmoqda.
OAV maъlumotlariga koʻra, allaqachon Sudan va Chad chegarasida katta harbiy kuchlar va jangovar texnika toʻplangan.
Mahalliy qabilalar etakchilari RSFning tinch aholiga nisbatan tayyorlayotgan yangi jinoiy rejalaridan ogohlantirmoqda.
Oldinroq, Birlashgan Arab Amirliklari(BAA) Xitoyning FK-2000 havo mudofaa tizimlarini Chad orqali Tezkor harakat kuchlari(RSF) jangarilariga etkazib berayotgani aytilgandi.
Gap shundaki, tashqi kuchlar tomonidan moy sepilayotgan urush olovi sabab millionlab sudanlik musulmonning hayoti xavf ostida qolmoqda.