04.07.2025 17:05
106
Gʻarbiy Sudan: ochlik va dori-darmon etishmasligi oqibatida 239 bola halok boʻldi
Sudan shifokorlari tarmogʻi maъlumotlariga koʻra, qamal ostidagi Al-Fasher shahrida bolalar oʻrtasida oʻlim holatlari keskin oshgan – joriy yilning yanvarь oyidan beri kamida 239 bola halok boʻlgan.
Buning asosiy sababi: Tezkor harakat kuchlari (RSF) tomonidan shaharning qamal qilinishi, gumanitar inqiroz va xalqaro hamjamiyat tomonidan hech qanday yordam va eъtibor berilmayotganidir.
Maъlumot uchun, 2021 yil oktyabridagi davlat toʻntarishidan keyin Sudanni generallardan tarkib topgan kengash boshqarmoqda va ularning asosiy ikkitasi oʻrtasida nizo kelib chiqqan.
Ulardan biri - general Abdulfattoh al-Burxon mamlakat qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni va amalda mamlakat prezidenti hisoblanadi.
Ikkinchisi - uning oʻrinbosari va Tezkor reaktsiya kuchlari qoʻmondoni general Muhammad Hamdon Dagalodir. Shu ikkalasi boshchiligidagi harbiylarning urushi ortidan minglab sudanlik musulmonlar jabr chekmoqda.