30.07.2025 08:56
73

Sudanda qirgʻin: 200 kishi tiriklay yoqib yuborilgani aytilmoqda

Sudanda qirgʻin: 200 kishi tiriklay yoqib yuborilgani aytilmoqda

Shimoliy Darfur va Kordofan hududlarida iyulь oyi oʻrtalaridan buyon zoʻravonliklar avj olgan. 450 dan ortiq tinch aholi vakillari, jumladan ayollar va bolalar halok boʻlgan.

Sudan armiyasiga qarshi urushayotgan Tezkor harakat kuchlari (THK) harbiy jinoyatlarni sodir etishda ayblanmoqda. Jumladan, 10-13 iyulь kunlari Kordofan viloyatidagi Bara shahrida 300 nafargacha sudanlik oʻldirilgan, ular orasida homilador ayollar va bolalar ham bor. 24–25 iyulь kunlari Shimoliy Darfurda yana 25 kishi oʻldirilgan.

Emergency Lawyers tashkilotining maъlum qilishicha, Shagalnom qishlogʻida 200 kishi tiriklayin yoqib yuborilgan. Xilat Xamidda 46 kishi, jumladan bolalar halok boʻlgan, odam oʻgʻirlash va jinsiy zoʻravonlik holatlari qayd etilgan.

 BMT zoʻravonlikni qoralab, zudlik bilan surishtiruv oʻtkazilishini talab qilmoqda. Xalqaro jamoatchilik hozircha inqirozdan chiqish boʻyicha aniq strategiya taklif qilmagan, mintaqaga qurol etkazib berish esa davom etmoqda.

Mavzuga aloqador