20.11.2024 10:36

Sudanda RSF kuchlarining masjidga hujumi oqibatida tinch aholi halok boʻldi



Sudan hukumati Tezkor harakat kuchlarining (RSF) poytaxt Xartum gʻarbidagi Omdurmanda masjidga uyushtirgan artilleriya hujumida kamida besh nafar tinch aholi 
halok boʻlganini maʻʻlum qildi.

“Isyonchi militsiya [RSF] yakshanba kuni kechqurun Karrari tumani shimolidagi Ar-Rashad masjidida kechki namoz vaqtida namozxonlarga qarata oʻq uzdi”, — deya taʻʻkidladi Xartum shtati hukumati. 

Beshta oʻlimdan tashqari, masjid imomi bir oyogʻidan ayrilgan, bir nechta bolalar ogʻir jarohatlangan va davolanish uchun yaqin atrofdagi shifoxonalarga olib ketilgan.

Omdurman yaqinda RSF bilan shaharning butun shimoliy qismi va boshqa hududlarini nazorat qiluvchi Sudan armiyasi oʻrtasida vaqti-vaqti bilan artilleriya hujumlariga guvoh boʻlmoqda.

"Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti Bashayr oʻquv kasalxonasida davolanayotgan urush jarohatlariga ega bemorlarning 16 foizi bolalar ekanini maʻʻlum qildi.

Xalqaro tashkilot 19 oktyabrdan 8 noyabrgacha uning xodimlari Xartumda 4186 nafar ayol va bolani toʻyib ovqatlanmaslik boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazganini taʻʻkidladi.  

“Ulardan 1559 nafari ogʻir, 400 nafari esa oʻrtacha darajada toʻyib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgani maʻʻlum boʻldi”, – deyiladi xabarda.

Mavzuga aloqador