01.11.2024 14:45

Sudanda vabo epidemiyasi 852 kishining hayotiga zomin boʻldi

Sudanda vabo epidemiyasi oqibatida vafot etganlar soni 852 nafarga etdi. 3,4 million sudanlik bola xavf ostida. Shuningdek, mamlakatdagi fuqarolik urushi sababli 11 milliondan ortiq kishi qochqinga aylangan.

Sudan Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻlkada vabo bilan kasallanganlarning umumiy soni 29 ming 147 nafarga etganini bildirdi. Hisobotda vabo epidemiyasi oqibatida halok boʻlganlar sonining 852 nafarga etgani qayd etilgan.

Sudanda iyunʻ oyidan beri davom etayotgan yogʻingarchilik va suv toshqinlari vabo kasalligining kengroq tarqalishiga olib keldi. Sudan hukumati 12 avgust kuni vaboni epidemiya deb eʻʻlon qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) 1 oktyabrʻ kuni 3,4 million sudanlik bola epidemiya xavfi ostida ekanligini maʻʻlum qildi.

BMTning Bolalar jamgʻarmasi (YuNISEF) esa 5 oktyabrʻ kuni Sudanga vaboga qarshi 1,4 million doza vaktsina yuborganini eʻʻlon qildi.

Urush davom etayotgan Sudanda epidemiyalarning tarqalishi sogʻliqni saqlash tizimi samarasiz boʻlgan davrda odamlarning hayotini yanada qiyinlashtirmoqda.

Shuningdek, BMT maʻʻlumotlariga koʻra, Sudanda fuqarolik urushi, ommaviy qotilliklar, jinsiy zoʻravonlik va avj olgan janglar misli koʻrilmagan gumanitar inqirozga olib keldi, birgina mamlakat ichida oʻz uylarini tark etishga majbur boʻlgan tinch aholi soni 11 milliondan oshdi. Bu haqda seshanba kuni BMT agentliklari vakillari maʻʻlum qildi.

“Sudandagi vaziyat halokatli. Buni aytishning oʻzi ogʻir. Ochlik, kasallik va jinsiy zoʻravonlik keng tarqalgan. Bu Sudan xalqi uchun dahshatli tush”, - dedi Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) rahbari Emi Pope.

Mavzuga aloqador