Qosim-Jomart Toqaev Qozogʻiston va Oʻzbekistonning ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Qozogʻiston hukumati Rossiya qonunchiligini buzgan yoki jarima toʻlamagan Oʻzbekiston fuqarolarini hibsga olishni boshladi. Avvalroq TIV Qozogʻiston va Rossiya maʻʻmuriy va jinoiy ishlar boʻyicha qarorlarni oʻzaro tan olish va ijro etishga kelishib olgani haqida ogohlantirgan edi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi. Davlat rahbari zamonaviy chaqiriq va tahdidlarning aksariyati transchegaraviy xususiyatga ega ekani, shuning uchun ularga qarshi kurashish umumiy saʻʻy-harakatlarni birlashtirishni talab qilishini taʻʻkidladi. “Umuman olganda, mamlakatlarimizda biz oʻzaro maqbul echim topa olmagan muammolar yoʻq va boʻlmasligi ham kerak”, dedi u.
Qozogʻiston Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib neyron tarmoqlar sohasi va uning rivojlanishini davlat nazoratiga oldi. Yangi tashkil etilgan qoʻmitaning asosiy vazifasi neyron tarmoqlar boʻyicha davlat siyosatini nazorat qilish, respublikada sunʻʻiy intellektdan foydalanishni tartibga solish uchun qonunchilik bazasini yaratish, shuningdek, yirik til modellari asosida mahalliy ishlanmalarni ishlab chiqishdan iborat boʻladi.
Qozogʻistonning sobiq ichki ishlar vaziri Erlan Turgʻumbaev 2022 yilgi tartibsizliklar boʻyicha hibgs olindi. U ogʻir oqibatlarga olib kelgan mansab vakolatlarini suiisteʻʻmol qilishda ayblanmoqda.
Qozogʻiston janubidagi Balxash viloyatida joylashgan Ile-Balxash davlat qoʻriqxonasi hududida 18 gektar maydonda qurigan xas-choʻplar va qamishlar yondi. Gidrometeorologiya xizmati mamlakat janubida harorat may oyidayoq 40 darajaga koʻtarilishi, bu esa, oʻz navbatida, yongʻinlar xavfini yanada oshirishini taxmin qilmoqda.
Oʻzbekiston Qozogʻistonning suv toshqinlaridan jabr koʻrgan hududlari aholisi uchun 15 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami joʻnatdi. 100 tonna yukni oʻz ichiga olgan mazkur yordam qiymati 10 milliard soʻmni tashkil etishi maʻʻlum qilindi.
Qozogʻistonda “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi yangi qonun qozoq tilidagi axborotlar ulushini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan. 2025 yildan boshlab qozoq tilidagi tele va radio dasturlar umumiy hajmining kamida 55 foizini, 2027 yildan esa 60 foizini tashkil qilishi kerak.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev toshqindan jabr koʻrgan hududlarga yordam berishga mahalliy milliarderlarni jalb qilish gʻoyasini taklif qildi. U har bir viloyat, tuman va qishloqqa mamlakatdagi eng boy kishilardan birini biriktirish zarurligini taʻʻkidladi.
Qozogʻiston prezidenti oiladagi zoʻravonlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etuvchi qonunni imzoladi. Unga koʻra, endilikda salomatlikka engil shikast etkazganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bolalarga nisbatan ham qanday zoʻravonlik shakli uchun javobgarlik kuchaytirildi.