15.04.2024 14:32
Qozogʻistonda oilaviy zoʻravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
Qozogʻiston prezidenti oiladagi zoʻravonlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etuvchi qonunni imzoladi. Unga koʻra, endilikda salomatlikka engil shikast etkazganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bolalarga nisbatan ham qanday zoʻravonlik shakli uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Qosim-Jomart Tokaev ayollar huquqlarini himoya qilish va bolalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi.
Qonun loyihasida kaltaklash va salomatlikka engil zarar etkazganlik uchun jinoiy javobgarlik, shuningdek, bolalarga nisbatan zoʻravonlikning har qanday shakli uchun jazoni kuchaytirish va tomonlar oʻrtasida yarashuvni istisno qilish nazarda tutilgan.
Qonunda pedofiliya va bolalar qotilligi uchun umrbod qamoq jazosi ham belgilangan.