Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qildi.
Davlat rahbari zamonaviy chaqiriq va tahdidlarning aksariyati transchegaraviy xususiyatga ega ekani, shuning uchun ularga qarshi kurashish umumiy saʻʻy-harakatlarni birlashtirishni talab qilishini taʻʻkidladi. “Umuman olganda, mamlakatlarimizda biz oʻzaro maqbul echim topa olmagan muammolar yoʻq va boʻlmasligi ham kerak”, dedi u.



Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarining birinchi yigʻilishi tashqi va ichki tahdid, ularning oldini olish, shuningdek, zarur javob choralarini ishlab chiqish boʻyicha saʻʻy-harakatlarni birlashtirish uchun samarali platformaga aylanishi koʻzda tutilgan. 
Bu haqda Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblari yigʻilishida aytib oʻtdi.
Davlat rahbari zamonaviy chaqiriq va tahdidlarning aksariyati transchegaraviy xususiyatga ega ekani, shuning uchun ularga qarshi kurashish umumiy saʻʻy-harakatlarni birlashtirishni talab qilishini taʻʻkidladi.

– Gap, birinchi navbatda, xalqaro ekstremizm va terrorizmga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga, qurol-yarogʻ savdosiga qarshi kurash haqida bormoqda. Bu borada Afgʻoniston umumiy eʻʻtiborimiz markazida boʻlishi kerak. Bu mamlakatda murakkab koʻp yoʻnalishli jarayonlar sodir boʻlmoqda. Tan olish kerakki, bu mamlakatda iqtisodiy vaziyat barqarorlashuvi va tiklanishining maʻʻlum belgilari mavjud. Boshqa tomondan, xalqaro terroristik tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq yuqori xavflar saqlanib qolmoqda, buni Moskva viloyatidagi qonli terakt ham tasdiqlaydi. Bizning fikrimizcha, hozirgi bosqichdagi strategik vazifalardan biri Afgʻonistonni mintaqaviy aloqalarga faol jalb etishdir. Va bu erda koʻp narsa mamlakatlarimizning kelishilgan pozitsiyasiga bogʻliq. Biz mamlakatimizda BMTning Markaziy Osiyo va Afgʻoniston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha mintaqaviy markazini yaratishni dolzarb deb hisoblaymiz”, — dedi Toʻqaev Qozogʻiston rahbari matbuot xizmatidan iqtibos keltirgan holda.

Qozogʻiston prezidenti uchrashuv 9 avgust kuni Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning muhim bosqichi ekanini taʻʻkidladi.

– Biz “Markaziy Osiyo – 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqdik. Mintaqaviy yaqinlashuvning ustuvor yoʻnalishlari, birinchi navbatda, besh tomonlama hamkorlikni kengaytirish va Markaziy Osiyoning xalqaro subʻʻektivligini mustahkamlashga qaratilgan. Ishonchim komilki, Ostonadagi sammit davomida ushbu hujjatning qabul qilinishi mintaqa uchun konseptual ahamiyatga ega boʻladi. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarning oʻziga xos xususiyati XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish boʻyicha doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomada mustahkamlab qoʻyilgan. Bu strategik hamkorlikni keyingi bosqichga olib chiqadi. Oʻylaymanki, Ostonadagi sammitning asosiy natijalaridan biri bu barchamiz uchun tarixiy Shartnomani imzolash tartib-taomilining yakunlanishi va uning kuchga kirishi boʻlishi mumkin. Besh tomonlama formatimizni institutsional jihatdan yanada takomillashtirish dolzarbligicha qolmoqda”, — dedi Qozogʻiston rahbari.

Bundan tashqari, Toʻqaev mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qoʻyish va ularni boʻlib tashlashga intilayotgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshilik koʻrsatishga chaqirdi.

“Sizni ishontirib aytmoqchimanki, biz bunday yondashuv va urinishlarni qatʻʻiyan rad etamiz. Umuman olganda, mamlakatlarimizda biz oʻzaro maqbul echim topa olmagan muammolar yoʻq va boʻlmasligi ham kerak. Ishonchim komilki, mushtarak harakatlar va oʻzaro yordamning uygʻunligigina qardosh xalqlarimiz farovonligiga yoʻl ochib beradi”, — dedi u.

Toʻqaev, shuningdek, uchrashuv natijalari Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Mavzuga aloqador