07.05.2024 12:44

Qozogʻiston sunʻʻiy intellektni nazoratga oladi

Qozogʻiston Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligida Sunʻʻiy intellekt boʻyicha idoraviy qoʻmita tuzildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Hukumat qarori Ostona shahrida QazCode kompaniyasi shafeligida sunʻʻiy intellektni rivojlantirish boʻyicha eng yirik konferentsiya – Beetech Conference 2024 ochilish kunida eʻʻlon qilindi. Tadbirda 1000 dan ortiq delegatlar, jumladan NVIDIA va Booking global gigantlari vakillari, shuningdek, neyron tarmoqlar sohasidagi mahalliy tadbirkorlar va olimlar ishtirok etdi.

Qoʻmitaning vazifasi neyron tarmoqlar boʻyicha davlat siyosatini nazorat qilish, respublikada sunʻʻiy intellektdan foydalanishni tartibga solish uchun qonunchilik bazasini yaratish, shuningdek, yirik til modellari asosida mahalliy ishlanmalarni ishlab chiqishdan iborat boʻladi.

Respublika Milliy banki 23 aprelʻ kuni mamlakat moliya bozori ishtirokchilarining uchdan bir qismi oʻz ishlari uchun sunʻʻiy intellektdan foydalanishini maʻʻlum qildi. Shu bilan birga, ikkinchi darajali banklar orasida eng yuqori 60% foydalanish darajasi kuzatilmoqda. 

Bu hisobot Qozogʻiston moliya bozorining sunʻʻiy intellekt texnologiyalari salohiyatidan foydalanishga tayyorligini baholash uchun moliya bozorining 94 ishtirokchisi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovga asoslanadi.

Respondentlarning qariyb 45 foizi joriy yilda sunʻʻiy intellektni oʻz faoliyatiga kiritish niyatini bildirgan. 2024 yilda sunʻʻiy intellektning rivojlanishi ushbu texnologiyadan hozirgi foydalanish darajasi bilan bevosita bogʻliq.

Mavzuga aloqador