Qozog'iston
-
Ukrainada 18 iyunʻ kuni suiqasdga uchragan qozogʻistonlik muxolifatchi jurnalist Aydos Sadikov qariyb ikki hafta jonlantirish boʻlimida yotgach, hayotdan koʻz yumdi. Jurnalist va uning rafiqasi 1 milliondan ortiq obunachiga ega «Baza» YouTube-kanalini boshqargan hamda Qozogʻiston rahbariyatini tanqid qilib kelgan. Ukraina politsiyasi jurnalistga suiqasd uyushtirgan ikki qozogʻistonlik shaxsini aniqladi, ulardan biri taslim boʻlgan, ikkinchisi qidiruvda.
-
Qozogʻiston TIV vakili Oybek Smadiyarovning maʻʻlum qilishicha, qoʻshni davlat xalqaro tadbirlar jadvali tigʻizligi sabab Shveytsariyada boʻlib oʻtgan tinchlik sammitida ishtirok etolmagan. U rasmiy Ostonaning yakuniy deklaratsiyaga qoʻshilish imkoniyatlari haqidagi savolga javob bera turib, "sammitda ishtirok etmagani uchun, bu borada hech nima deya olmasligi"ni qoʻshimcha qilgan. Maʻʻlumot uchun, Shveytsariyaning Byurgenstok shahrida boʻlib oʻtgan sammitda 90 dan ortiq davlat va toʻrtta tashkilot vakillari ishtirok etdi. Kommyunikeni 92 davlatdan 80 tasi imzoladi. Sammitda Xitoy va Rossiya vakillari ham qatnashmadi.
-
Rossiya Qozogʻistonda rus maktablarini qurish boʻyicha kelishuvga erishdi. RF Davlat dumasi raisining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Jukovga koʻra, mamlakatda uchta maktab qurilishi boʻyicha loyiha tasdiqlangan. Maʻʻlumot uchun, joriy yilning fevralida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga qilgan murojaatida xorijda rus tilini targʻib qilishni kuchaytirishni buyurgandi.
-
Qozogʻiston Oliy sudi “Jibek Joli” xayriya tashkilotiga qarashli 26 ta pansionatni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ushbu pansionatlarda noqonuniy tarzda diniy fanlar oʻqitilgan hamda xayriya tashkilotining turk soʻfiy jamoati – "Sulaymonji" bilan aloqasi borligi aytilmoqda.
-
Isroilning asosiy koʻmir etkazib beruvchisi hisoblangan Kolumbiya yahudiy davlatiga qarshi savdo boykotiga qoʻshilishga qaror qildi. Kolumbiyaning ushbu qarori Isroilga elektr energiyasi narxining koʻtarilishiga sababchi boʻlishi mumkin. Ayni vaqtda, Rossiya, Isroilni Xalqaro sudga bergan Janubiy Afrika Respublikasi va Qozogʻiston Kolumbiya koʻmiri oʻrnini qoplashga rozilik bildirgan.
-
Qozogʻistonda yashirin va oshkora LGBT targʻibotini taqiqlash boʻyicha petitsiya (xalq murojaati) zarur boʻlgan 50 ming ovozni toʻplab, hukumat tomonidan rasman koʻrib chiqishga qabul qilindi. Murojaat Qozogʻiston ota-onalar ittifoqi rahbari Bagila Baltabaeva tomonidan ilgari surildi.
-
Qozogʻistonda xalq referendumida AES qurilishi maʻʻqullansa, ushbu loyihaga davlat byudjetidan 10-12 mlrd dollar ajratish rejalashtirmoqda. Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqaev 2023 yilning sentyabrʻ oyida AES qurish masalasini umumxalq referendumiga qoʻyishni taklif qilgan edi. AESning 20235 yilgacha foydalanishga topshirilishi aytilmoqda.
-
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Markaziy Osiyo davlatlari urushda betaraf boʻlishiga qaramasdan, "Kremldan qoʻrqqani uchun RF tomonga moyilroq" ekanini taʻʻkidladi. Bunga Qozogʻiston javob qaytardi.
-
Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Pyotr Tolstoyning Olmaota shahrini “Rossiya zamini” deb ataganiga Qozogʻiston tomoni javob qaytardi. “Biz Qozogʻiston-Rossiya doʻstligining bunday masʻʻuliyatsiz bayonotlar tufayli izdan chiqishini istamaymiz”, — dedi deputat Abenov.
-
Qozogʻiston parlamenti Xitoy bilan Transkaspiy xalqaro transport yoʻnalishini rivojlantirish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qildi. Kelishuv tufayli Xitoydan Evropaga yuk tashishning umumiy tezligi hozirgi 19-23 kundan 12-13 kungacha qisqaradi.