Qozogʻiston janubidagi qoʻriqxonada yongʻin sodir boʻldi
Qozogʻiston janubidagi Balxash viloyatida joylashgan Ile-Balxash davlat qoʻriqxonasi hududida 18 gektar maydonda qurigan xas-choʻplar va qamishlar yondi. Gidrometeorologiya xizmati mamlakat janubida harorat may oyidayoq 40 darajaga koʻtarilishi, bu esa, oʻz navbatida, yongʻinlar xavfini yanada oshirishini taxmin qilmoqda.
Balxash
viloyatida Ile-Balxash davlat qoʻriqxonasi hududida qurib qolgan daraxt va
qamishlar yonib ketdi, deb xabar
berdi Tengrinews.kz nashri.
Favqulodda
vaziyatlar vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, «Kazaviaspas» xodimlari allaqachon
yongʻin sodir boʻlgan hududga 159 tonna suv tashlagan. Dastlabki yongʻin
maydoni 18 gektarni tashkil etadi.
Vazirlik aholi
punktlariga hech qanday xavf yoʻq, deb ishontirdi. Shu bilan birga, borish qiyin
boʻlgan botqoqliklar
va kuchli shamollarning
doimiy ravishda yoʻnalishini oʻzgartirishi yongʻinlarni oʻchirishni murakkablashtirmoqda.
Ob-havo
xizmatlari Qozogʻiston
janubida harorat may oyidayoq 40 darajaga koʻtarilishi, bu esa yongʻin xavfini
keskin oshirishini taxmin qilmoqda.
Ayni
paytda mamlakat shimolidagi hududlar qor va muzliklarning tez erishi oqibatida
suv toshqinlaridan aziyat chekmoqda. 22 aprelʻ holatiga koʻra, suv toshqini sababli
evakuatsiya qilingan 23 085 qozogʻistonlik allaqachon uylariga qaytgan, 8 872 kishi,
shu jumladan 3 852 nafari bolalar evakuatsiya markazlarida qolmoqda.
Bugungi
kunga qadar 4554 ta uy va 2767 hovlidan suv tortib chiqarilgan. Bu kabi ishlar 5 842
xonadon va mingdan ortiq hovlida davom ettirilmoqda.