musulmonlar
-
Sudan armiyasi jangarilar nazorati ostida boʻlgan Milliy teleradiokompaniyani ozod qildi. “Isyonchilarni mamlakat boʻylab har joyda taʻʻqib qilishda davom etamiz”, - dedi armiya generali Abdulfattoh al-Burxon. Mamlakatdagi toʻqnashuvlarda 13 mingdan ortiq inson halok boʻldi, 6 mln kishi uy-joylarini tashlab ketgan, 1,7 mln odam esa qoʻshni davlatlarga qochgan.
-
Britaniya hukumati “ayrim antimusulmon kuchlarning keskinlikni keltirib chiqarishiga yoʻl qoʻymaslik uchun” britaniyalik musulmonlarni himoya qilishga 4 yil davomida 117 million funt sterling (taxminan 150 million dollar) ajratishga qaror qildi. Yangi mablagʻ masjidlar, musulmon diniy maktablari va boshqa jamoat markazlarini qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi.
-
Hindistondagi mashhur musulmonlardan biri Vakil Hasanning Nʻyu-Delidagi uyi ogohlantirishsiz buzib tashlandi. Noyabrʻ oyida u va jamoasi tuproq oʻpirilishi oqibatida qamalib qolgan 40 nafar konchini 26 soat ichida qutqarib, qahramonga aylangan edi.
-
AQShda Bert Jeyms Beyker ismli shaxs Falastinni qoʻllab‑quvvatlab oʻtkazilgan namoyishdan qaytayotgan amerikalik musulmonlarga pichoq bilan hujum qilib, ulardan birini jarohatladi. Amerika-Islom munosabatlari kengashi unga nisbatan nafrat bilan bogʻliq jinoyat boʻyicha ayblov qoʻyishga chaqirdi.
-
Salvadorning amaldagi prezidenti Nayib Bukele dushanba kuni boʻlib oʻtgan saylovlardagi gʻalabasini eʻʻlon qildi. U saylovchilarning 85 foizdan ziyod ovozini toʻpladi. Nayib Bukele asli kelib chiqishi falastinlik. Otasi Armando (Ahmad) Bukele Kattan imom va tadbirkor boʻlib, mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etgan.
-
HRW Xitoy Shinjon-Uygʻur avtonom rayonida avtomobilʻ qismlarini tayyorlashda zarur boʻlgan alyuminiy ishlab chiqarishda mehnat lagerlarida saqlanayotgan millionlab xitoylik musulmonlarni majburiy ishlatayotganlikda aybladi.
-
Dunyoda halol mol goʻshti eksporti boʻyicha etakchi boʻlgan Braziliya musulmon davlatlaridan koʻproq sayyohlarni jalb etish maqsadida mavjud masjidlar, musulmonlar uchun qulayliklar va boshqa maʻʻlumotlar oʻrin olgan turistik qoʻllanma ishlab chiqdi.
-
Sionistlar Gʻazoda qatliom boshlaganiga 100 kun toʻldi. 100 kundirki butun Islom olamining bagʻri qon, chin moʻminlarning na eganida xalovat bor, na ichganida. Bu ogʻriqlar ortiq din va millat chegaralaridan oshdi. Hozir dunyoning juda koʻp nuqtalarida Gʻazodagi qatliomni toʻxtatishni talab qilgan namoyishlar boʻlmoqda. Sabr va toqatning oxiri koʻrinib qoldi...
-
Frantsiya hukumati xorij diplomiga ega va chel eldan oylik oladigan imomlarning mamlakatda ishlashini taqiqladi.
-
Oʻn yillar davomida Gʻarb matbuoti musulmonlarni soqolli terroristlar sifatida koʻrsatib kelayotgan edi, biroq gʻazoliklar bu tasavvurlarni sindirdi.