15.01.2024 09:00

100 kunlik ogʻriq

Sionistlar Gʻazoda qatliom boshlaganiga 100 kun toʻldi. 100 kundirki butun Islom olamining bagʻri qon, chin moʻminlarning na eganida xalovat bor, na ichganida. Bu ogʻriqlar ortiq din va millat chegaralaridan oshdi. Hozir dunyoning juda koʻp nuqtalarida Gʻazodagi qatliomni toʻxtatishni talab qilgan namoyishlar boʻlmoqda. Sabr va toqatning oxiri koʻrinib qoldi...

Mana 100 kundirki nafaqat musulmonlar, balki butun Insonlar qalbida bir ogʻriq simillab turibdi - Gʻazo! U erda nohaq toʻkilayotgan qonlar, begunoh, ojiz va zaif goʻdaklarning nolalari dunyoni tutdi, biroq na Gʻarb, na Sharq va na Islom olami zolimning ojizlarga koʻtarilgan qoʻllarini tutib, unga haddini bildira olmayapti. Faqat olislardan turib qoralash bilan ovora. Ne tongki sionist unsurlar insoniyat tanasidagi saraton hujayralari singari shu qadar keng yoyilgan ekanki, hech kim haddi sigʻib biror chora koʻra olgani yoʻq. Butun mol-dunyosi, moliya tizimi, unga qoʻshib erku ozodligini sionistlar qoʻliga topshirib qoʻygan insoniyat gʻazoliklar koʻziga tik qarashdan uyalmoqda.

Xalqaro tashkilotlarning ham amalda qoʻlidan hech narsa kelmaydigan, nomiga rasmiyatchilik, qogʻozbozlik va qoralash uchun yaratilgan tuzilmalar ekani maʻʻlum boʻldi.

Yahudiy sionistlar nima uchun bu qadar beyuz, sharafsiz, manfur ekaniga boshim qotmoqda. Xalqaro sud majlisida koʻzlarini loʻq qilib aybsiz ekanini aytgani, ochiq dalillarni rad etganini koʻrib, bu yuzsizlikni qaydan oldi deya ylanib qoldim. Soʻng ularning ota-bobolari qadimda koʻz oʻngilarida daryo ikkiga boʻlinib, undan oʻtganidan koʻp oʻtmay yana buzoqqa sigʻingani yodimga tushdi. Shuncha jabr-zulmdan qutqargan Allohning amriga zid ravishda Quddus darvozasidan qanday kirganlari ham aslida yuzsizlik, sharafsizlik va sarkashlik ularning tabiatida, fitratida, qonida borligidan darak beradi. Yaqin-yaqingacha - 1900- yillargacha har joydan quvilishlari, qatliom qilinib, haqir va xor yurishlariga ham oʻsha buzuq tabiatlari sababchi boʻlgan. Sarkash tabiatiga qaramasdan faqat musulmonlargina ularga odamdek muomala qilib non-tuz, yashashga boshpana berdi. Ammo oʻsha yaxshilik bilmagan chayondek yahudiylar darhol yordam qoʻlini choʻzgan qoʻllarga nish sanchishni boshladi.

Ha, ular hech qachon tuzalmagan va qiyomatga qadar buzuq tabiatini namoyon etishda davom etadi.

Biroq bu dunyoda muvozanat saqlash - Allohning sunnati. Zulm choʻqqisiga etganida har doim zolimning tanazzuli boshlangan. Poyoni yaqinligini bilgan zolim bor kuchi bilan atrofga zahar-zaqqum sochgan va bugungi Isroilning harakatlari xuddi shu haqiqatni ifoda etmoqda.

Yahudiylar oʻzlarining bank-kredit tizimlari bilan mutlaq koʻpchilikni ipsiz, kishansiz bogʻlangan qullariga aylantirgan boʻlsa-da, ularning tuzogʻiga tushmagan, ulardan qarz-kredit olmagan, noteng tijorat shartlariga rozi boʻlmagan, monopol-transmilliy korporatsiyalariga qaram boʻlmaganlar ham bor ekan. Aynan oʻsha hur va ozod Insonlar bugun ularga qaqshatqich zarba bermoqda, ogʻriq va yoʻqotishlariga sabab boʻlmoqda.

Shu maʻʻnoda HAMAS bugun nafaqat oʻzlarining bir qarich tuprogʻi, balki butun insonlikni, ozodlikni, or-nomusni ham himoya qilmoqda. Bizning 100 kunliq ogʻriqlarimizga faqatgina ularning zafarli yurishlari malham boʻlmoqda. 

Bu zulmning, bir asrki boʻgʻzimizgacha bizni iskanjaga olgan va hatto erkin orzu qilishimizga toʻsqinlik qilayotgan kishanlarning umri poyoniga etish arafasida ekaniga ishonaman. Chunki tunning eng qorongʻu qismi tongga yaqin paytidir. Zero ogʻriqlarimiz, ojizlarning ohu nolalari ham ortiq chidab boʻlmas holga keldi. Yana ozgina davom etsa, Er teskari aylanib, Quyosh Gʻarbdan chiqishi aniq!

Sanjar Said

Mavzuga aloqador