04.03.2024 05:20

Hindistonda 40 dan ortiq odamni qutqargan musulmonning uyi buzib tashlandi

Hindistondagi mashhur musulmonlardan biri Vakil Hasanning Nʻyu-Delidagi uyi ogohlantirishsiz buzib tashlandi. Noyabrʻ oyida u va jamoasi tuproq oʻpirilishi oqibatida qamalib qolgan 40 nafar konchini 26 soat ichida qutqarib, qahramonga aylangan edi.

Hindistonning Nʻyu-Deli shahrida noyabrʻ oyida mamlakat qahramoniga aylangan Vakil Hasanning uyi ogohlantirishsiz buzib tashlandi. Bu haqda Islan News Al Jazeera agentligiga tayanib xabar qildi.

Noyabrʻ oyida bu odam ikki haftadan koʻproq vaqt davomida tuproq ostida qolib ketgan konchilarni vayronalar ostidan qutqara olgani uchun milliy qahramon edi.

Noyabrʻ oyida professional asbob-uskunalar bilan qurollangan qutqaruvchilar Himalayda tuproq ostida qolib ketgan 40 dan ortiq konchilarni ozod qila olmaganidan soʻng Vakil Hasan va uning jamoasi 26 soat davomida qoʻl bilan kovlab, ularning hayotini saqlab qolishgan. Shundan soʻng Hasan oʻnlab intervʻyu berib, bosh vazirning minnatdorchiligini oldi va Bollivud yulduzlari bilan selfi tushdi.

Ammo uch oydan keyin uning hayoti oʻzgardi. Doʻkondan oziq-ovqat bilan qaytgan erkak uyi yonida bulʻdozerni koʻrdi. Politsiya esa allaqachon bolalarini uydan majburan olib chiqishga muvaffaq boʻlgan. Davlat maʻʻlumotlariga koʻra, uy noqonuniy qurilgan, shuning uchun er infratuzilma loyihalari uchun olib qoʻyilgan. Qahramonning oilasi esa koʻchaga haydab chiqarilgan.

Vakil Hasan oʻz mulkining yoʻq qilinishini noqonuniy deb eʻʻtirof etish va tovon undirish uchun sudga murojaat qildi.

Taʻʻkidlanishicha, millionlab odamlarda uy-joyga egalik hujjatlari yoʻq boʻlgan Nʻyu-Delida bu holat odatiy emas.

“U bu uyda oʻnlab yillar yashadi. Hukumat bu erni davlat erlari deb hisoblasa, nega shuncha vaqt sukut saqlashdi?” - deydi bunday ishlar bilan tez-tez shugʻullanadigan huquqshunos Kavalprit Kaur.

Mavzuga aloqador