05.02.2024 11:38

Xitoy avtomobilʻ ishlab chiqarishda musulmonlarni majburiy ishlatishda ayblanmoqda

HRW Xitoy Shinjon-Uygʻur avtonom rayonida avtomobilʻ qismlarini tayyorlashda zarur boʻlgan alyuminiy ishlab chiqarishda mehnat lagerlarida saqlanayotgan millionlab xitoylik musulmonlarni majburiy ishlatayotganlikda aybladi.

Xitoy kompaniyalari mamlakat shimoli-gʻarbidagi Shinjon-Uygʻur avtonom rayonida (ShUAR) avtomobilʻ qismlarini tayyorlashda zarur boʻlgan alyuminiy ishlab chiqarishda majburiy mehnatdan foydalanganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Human Rights Watch inson huquqlari xalqaro tashkiloti hisobotida soʻz boradi.

“Dunyo avtomobilʻ ishlab chiqaruvchilari, shu jumladan General Motors, Tesla, BYD, Toyota va Volkswagen oʻzlarining alyuminiy etkazib berish zanjirlarida uygʻurlar majburiy mehnatidan foydalanishning eng minimal xavfidan chetlana olmaydilar”, ‑ deyiladi hisobotda.

HRW hisobotida aytilishicha, mahbuslar alyuminiy eritish zavodlarida mehnatga jalb qilingan.

Xalqaro alyuminiy instituti maʻʻlumotlariga koʻra, jahon ishlab chiqarishining 9 foizini tashkil etuvchi alyuminiyning 15 foizdan ortigʻi Shinjon-Uygʻur avtonom rayonida eritiladi.

HRW isteʻʻmolchi kompaniyalarni alyuminiyni mintaqadan sotib olishdan ogohlantirdi va metalning kelib chiqishini diqqat bilan kuzatishga chaqirdi.

Germaniya va Qoʻshma Shtatlarda bu borada alohida talablar qoʻyilgan boʻlib, HRW ushbu davlatlar mehnat vazirliklarini kompaniyalar tomonidan majburiy mehnat mahsulotlaridan foydalanishning oldini olish uchun qonuniy choralarini koʻrishga chaqirmoqda.

Tashkilot Xitoy rasmiylarining Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatidagi harakatlarini insoniyatga qarshi jinoyatlar qatoriga kiritdi.

2022 yilda BMT hisobotida Xitoy hukumatining terrorizm va separatizmga qarshi kampaniyasi doirasida 1 milliondan ortiq uygʻur oʻzboshimchalik bilan hibsga olingani taxmin qilinayotgan ShUARda Xitoy tomonidan insoniyatga qarshi sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarga ishora qilingan.

Mavzuga aloqador