11.03.2024 17:30

Britaniya mahalliy musulmonlarni himoya qilish uchun 150 mln dollar ajratadi

Britaniya hukumati “ayrim antimusulmon kuchlarning keskinlikni keltirib chiqarishiga yoʻl qoʻymaslik uchun” britaniyalik musulmonlarni himoya qilishga 4 yil davomida 117 million funt sterling (taxminan 150 million dollar) ajratishga qaror qildi. Yangi mablagʻ masjidlar, musulmon diniy maktablari va boshqa jamoat markazlarini qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi.

Britaniya hukumati ayrim antimusulmon kayfiyatdagi kuchlar kurashlarni avj oldirgani fonida britaniyalik musulmonlar jamoalarini himoya qilish uchun 4 yil davomida 117 million funt sterling (taxminan 150 million dollar) ajratadi.

“Biz Yaqin Sharqdagi voqealarni Britaniya musulmonlariga nisbatan haqoratlarni oqlash uchun bahona boʻlishiga yoʻl qoʻymaymiz”, - dedi ichki ishlar vaziri Jeyms Kleverli.

Moliyalashtirish yahudiy jamoalari xavfsizligini yaxshilash uchun qoʻshimcha mablagʻlar eʻʻlon qilinganidan bir hafta oʻtib eʻʻlon qilindi. Yangi mablagʻ masjidlar, musulmon diniy maktablari va boshqa jamoat markazlarini himoya qilishga sarflanadi, dedi Sleverly.

Vazirning aniqlik kiritishicha, mablagʻlar signalizatsiya, panjara va videokuzatuv kameralari kabi xavfsizlik choralariga yoʻnaltiriladi. "Musulmonlarga qarshi nafratga jamiyatimizda mutlaqo oʻrin yoʻq", - dedi Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi rahbari.

Mavzuga aloqador