03.01.2024 18:31

Frantsiyada chet el diplomiga ega imomlarning ishlashi taqiqlandi

Frantsiya hukumati xorij diplomiga ega va chel eldan oylik oladigan imomlarning mamlakatda ishlashini taqiqladi.

Frantsiya hukumati chet elda taʻʻlim olgan va xorijiy davlatlardan moliyalashtirilgan imomlarning mamlakatda ishlashini taqiqladi. Bu haqda IslamNews nashri xabar bermoqda.

Rasmiylar bu cheklovlarni birinchi marta 4 yil oldin muhokama qilgan, ammo taqiq rasman 2024 yil 1 yanvardan kuchga kirdi. Shu tariqa, chet ellik diplom va chet ellik maoshga ega musulmon etakchilar endi Frantsiyadagi 2900 ta masjidda ishlay olmaydigan boʻldi.

Frantsiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Jeralʻd Darmanin Evropadagi imom va masjidlar faoliyatini anʻʻanaviy tarzda moliyalashtirib kelayotgan bir qator musulmon davlatlari hukumatlariga bu haqda maktub yoʻlladi. Darmaninning soʻzlariga koʻra, bunday taqiqlar xorijiy diniy taʻʻsirlarni cheklash va diniy qadriyatlarning “respublika tamoyillari”ga mos kelishini taʻʻminlash uchun zarur.

2020 yil holatiga koʻra, Frantsiyadagi 300 ga yaqin masjid imomlari Jazoir, Marokash va Turkiya kabi musulmon davlatlaridan maosh olgan.

Mavzuga aloqador