Nasroniy mamlakatda musulmon prezident lavozimiga qayta saylandi
Salvadorning amaldagi prezidenti Nayib Bukele dushanba kuni boʻlib oʻtgan saylovlardagi gʻalabasini eʻʻlon qildi. U saylovchilarning 85 foizdan ziyod ovozini toʻpladi. Nayib Bukele asli kelib chiqishi falastinlik. Otasi Armando (Ahmad) Bukele Kattan imom va tadbirkor boʻlib, mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etgan.
Salvadorning amaldagi prezidenti Nayib Bukele dushanba kuni
boʻlib oʻtgan saylovlarda 85
foizdan ziyod ovoz bilan gʻalaba qozonganini eʻʻlon qildi.
Ovozlar
dastlabki hisob‑kitob qilinganidan soʻng Bukele oʻz tarafdorlarini
Salvador milliy saroyi oldiga
mitingga taklif qildi.
“Raqamlarimizga koʻra, biz prezidentlik saylovlarida 85
foizdan koʻproq ovoz bilan gʻalaba qozondik va assambleyaning 60 nafar deputatidan
kamida 58 nafarini qoʻlga kiritdik”, — dedi prezident X ijtimoiy tarmoqda.
Nayib Bukele (Najib Abu Keyle) musulmon boʻlib, otasi Armando (Ahmad) Bukele Kattan
falastinlik. U imom va tadbirkor boʻlgan va mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etgan.
Qayd
etilishicha, Nayib Bukelening davlat rahbari sifatida erishgan yutuqlaridan
biri jinoyatchilikning kamaygani boʻldi. U hokimiyatga kelishidan oldin 100 ming aholiga zoʻravonlik
oqibatida oʻlganlar soni 103 (2015) boʻlgan boʻlsa, Bukele xavfsizlik sohasidagi
islohotlardan soʻng qotilliklar soni 100 ming aholiga 19 taga kamaydi (2021).
Nayib Bukele 2019 yilda Salvador rahbariyatini qabul qilib
oldi. Hokimiyatga kelganidan keyin u jinoyatchilikning yuqori darajasiga qarshi
kurashish uchun hududiy nazorat rejasini eʻʻlon qildi. 2022 yilda jinoiy guruhlarga
qarshi kurash uchun favqulodda holat joriy etildi, bu esa fuqarolik huquqlarini
sezilarli darajada chekladi. 2023 yilning noyabriga kelib, 6,5 million aholidan
75 mingga yaqin kishi hibsga olingan.