14.03.2024 11:05

Sudan armiyasi Milliy teleradiokompaniyani isyonchilardan ozod qildi

Sudan armiyasi jangarilar nazorati ostida boʻlgan Milliy teleradiokompaniyani ozod qildi. “Isyonchilarni mamlakat boʻylab har joyda taʻʻqib qilishda davom etamiz”, - dedi armiya generali Abdulfattoh al-Burxon. Mamlakatdagi toʻqnashuvlarda 13 mingdan ortiq inson halok boʻldi, 6 mln kishi uy-joylarini tashlab ketgan, 1,7 mln odam esa qoʻshni davlatlarga qochgan.

Sudan Qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni, general Abdulfattoh al-Burxon armiya mamlakatning barcha hududlarida Tezkor harakat kuchlari (THK) aʻʻzolarini taqib qilishda davom etishini bildirdi.

Suverenlik kengashi bayonotiga koʻra, Burhon seshanba kuni armiya poytaxt gʻarbidagi Omdurmandagi Sudan radio va televidenie tashkiloti markazini qoʻlga kiritganidan soʻng Muhandislar uyushmasi qarorgohini ziyorat qildi.

Burhon oʻz nutqida: “Isyonchilarni mamlakat boʻylab har joyda taʻʻqib qilishni davom ettiramiz. Bizning THKga xabarimiz shundan iboratki, qurolli kuchlar va muntazam harbiy qismlar sizni toʻliq gʻalabaga qadar hamma joyda taʻʻqib qiladi", - dedi.

Seshanba kuni Sudan hukumat armiyasi THK nazorati ostidagi Milliy radio va televidenie binosi ozod qilinganini eʻʻlon qildi.

Maʻʻlumot uchun, 2023 yil aprelʻ oyi oʻrtalarida Sudan Suverenlik kengashi raisi general Abdulfattoh al-Burxon qoʻmondonligidagi hukumat armiyasi va Tezkor harakat kuchlari (RRF) oʻrtasida shiddatli toʻqnashuvlar boshlangan edi. Ziddiyat 11 oydan buyon davom etib kelmoqda.

BMT maʻʻlumotlariga koʻra, Sudandagi toʻqnashuvlar qurbonlari soni 13 mingdan oshgan, 6 million kishi mamlakat ichida uy-joyini tashlab ketgan, yana 1,7 million kishi qoʻshni davlatlarga qochgan.

Mavzuga aloqador