26.12.2023 13:48

Isroilning Gʻazoga hujumlari Gʻarbda musulmonlar tushunchasini ijobiy tomonga oʻzgartirdi

Isroilning Gʻazodagi qatliomi natijasida Gʻarbda musulmonlar haqidagi tasavvurlar ijobiy tomonga oʻzgarmoqda.

Avstraliyalik jurnalist va faol Si Jey Verleman (CJ Werleman) Isroilning Gʻazoga qilgan hujumlarining Gʻarbda Islom va musulmonlar haqidagi tasavvurlarga ijobiy taʻʻsir koʻrsatayotganini bildirdi.

Verlemanning taʻʻkidlashicha, Gʻarb matbuoti 20 yilki musulmonlarni evropalik va amerikaliklarni oʻldirmoqchi boʻlib yurgan soqolli terroristlar qiyofasidagi xavfsizlikka tahdid sifatida taʻʻriflab kelgan. Gʻazo voqealari esa Islom va musulmonlar haqidagi barcha tasavvurlar notoʻgʻri va yolgʻon ekanini koʻrsatdi.

Gʻazo xalqining tasavvur qilib boʻlmaydigan zulm, aziyat va ogʻriqlarga qaramay ishgʻolga qarshi turishda davom etganini ifoda etgan Verleman odamlar gʻazoliklar timsolida "oʻta ogʻir sharoitlarda kuchli boʻlib qolgan kamtar, magʻrur va olijanob bir xalq"ni koʻrishlarini aytdi.

Verleman, bombalangan binolar vayronalari ostidan olib chiqilgan va har narsaga qaramay Allohga shukr qilishda bardavom boʻlgan falastinliklarning tasvirlari matbuotda aks etayotganini tilga olar ekan, "Bu tasvirlar Islom va musulmonlar haqidagi yolgʻon gap-soʻzlarni oʻzgartirdi, chunki odamlar Gʻazoda yoʻqchilik va qoʻrquvdan qutilishdan boshqa hech narsani talab qilmayotgan asil bir xalqni koʻrmoqda. Shuning uchun bir qator gʻarbliklar qoʻllariga Qurʻʻoni Karimni olib, Islomni oʻrganmoqda”, - dedi.

Etakchi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy media platformalarida Falastin tarafdorlarining ovozlarni oʻchirish, tahdid qilish va jazolash uchun tizimli va sinxron harakat olib borilayotganini bildirgan Verleman shu vaj bilan urushning birinchi oyida yuzlab akademik, jurnalist, yozuvchi va faollar ishdan boʻshatilganini eslatdi.

Verleman koʻplab odamlar antisemitizm yoki Hamasni qoʻllab-quvvatlagani emas, balki Gʻazoda sulh talab qilgani uchungina ishdan boʻshatilgani yoki tahdid ostida qolganini qayd etdi.

Isroilning Gʻazodagi zoʻravonligi haqidagi filʻtrsiz maʻʻlumotlar va tasvirlarning kunlik oqimi, cheklov va tsenzuraga qaramay, dunyoni butunlay oʻzgartirganini taʻʻkidlagan Verleman: “Dunyo ortiq oʻzgardi, shu boisdan AQSh va Evropa shaharlarida muntazam ravishda juda koʻp sonli Falastin tarafdorlarining norozilik namoyishlariga mezbonlik qilmoqda”, - dedi.

Mavzuga aloqador