mubashir ahmed

  • Ustoz Mubashshir Ahmadga sud hukmi oʻqildi

    Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida Ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunladi.

    Davomini o'qish...
    109
    08.10.2025 16:03
  • Ertaga Ustoz Mubashshir Ahmad ishi boʻyicha navbatdagi sud majlisi boʻladi

    Ertaga soat 16:00 da Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida Ustoz Mubashshir Ahmad ishi boʻyicha navbatdagi sud majlisi boʻladi.

    Davomini o'qish...
    141
    07.10.2025 17:30
  • Dunyo hamfikr boʻlgan ulamoni biz qadrlay olamizmi?!

    Bugun koʻryapmizki, dunyo Mubashshir Ahmad bilan hamfikr ekan. Butun dunyo Ustozning Falastindagi genotsidga qarshi bildirgan sharhlarini qoʻllab-quvvatlayapti, kerak boʻlsa takrorlayapti. Shundan kelib chiqsak, Ustozning Xalqaro musulmon ulamolari ittifoqi tomonidan eъlon qilingan fatvoni sharhlashi, ushbu fatvoning mohiyati va mazmuni xalqaro minbarlarda aytilayotgan soʻzlarga mos kelishi Oʻzbekistonning sanoqli ulamolaridan birining oqlanishini talab qiladi.

    Davomini o'qish...
    267
    27.09.2025 16:17
  • Ustoz Mubashshir Ahmadning himoyachisi bayonot bilan chiqdi

    Ustoz Mubashshir Ahmadning advokati Abdulloh Sodiq Islom ulamosining sud ishi boʻyicha maxsus bayonot bilan chiqdi. Unda advokat boʻlib oʻtgan sud jarayonlari boʻyicha baъzi tafsilotlar, fikrlar va xulosalarini boʻlishgan. Bayonotda Ustozning sud jarayonini tahlil qilgan huquqshunos ushbu sudga "raislik etuvchi avvalo qonunga, oʻz vijdoni va ichki ishonchiga tayanib, ish boʻyicha aniqlangan holatlarni inobatga olib, toʻplangan dalillarga birma-bir baho berib, qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishi"ga umid bildirgan.

    Davomini o'qish...
    401
    25.09.2025 16:25
  • Mubashshir Ahmad

    Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan absurd ayblardan yana biri “diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston hududiga olib kirish va tarqatish”. Domla yurtimizga birorta moddiy material olib kirmagan, hammasi virtual shaklda jahon internet tarmogʻida uzatilgan. Internet zamonida yashayapmiz, butun dunyo bitta qozonda qaynayapti, Er yuzi global maydonga aylanib boʻldi, shuning uchun internet tarmogʻida hududiy yaxlitlik degan narsa maъnosini butkul yoʻqotdi. Jahonga tarqalgan material, tabiiy, Oʻzbekistonga ham etadi. Kirmasin desak, internetni uzish kerak. Iloji bormi?

    Davomini o'qish...
    597
    10.09.2025 11:27
  • Ustoz Mubashshir Ahmadning sudi yana qoldirildi

    Ikkinchi sud majlisida qatnashgan guvohlar ham qoʻyilayotgan ayblovlar uchun etarlicha dalil keltira olishmagan. Dastlabki maъlumotlarga koʻra, shu bois ham Ustoz Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblovlar sirasidan "millatlararo nizo qoʻzgʻatish" ayblovi olib tashlangan. Oʻz navbatida guvohlardan birining daъvosi ham bekor qilingan.

    Davomini o'qish...
    464
    08.09.2025 17:01
  • Rasmiy axborot: Ustoz Mubashshir Ahmad ishi boʻyicha sud kuni aniq boʻldi

    Oʻrta Osiyo xalqlari “Azon” vaqfi vasiylar kengashi raisi, “Azon” loyihalari asoschisi, ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) ishi boʻyicha sud kuni aniq boʻldi. Sud 2025 yil, 19 avgust, seshanba kuni soat 15:00da Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida, sudya Bobur Rahimov raisligida boshlanadi. Sudning ochiq yoki yopiq oʻtishi hozircha nomaъlum.

    Davomini o'qish...
    932
    16.08.2025 12:44
  • Alisher Tursunov ishi turk huquqshunoslari nigohida

    Immigratsiya boshqarmasi Tursunovga nisbatan “jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid solganlik”ni sabab qilib koʻrsatgan holda deportatsiya qilish qarori qabul qilinganini aytdi. Biroq, bu iddao na Turkiya Jumhuriyati vakolatli muassasalari va na xalqaro hamjamiyat nazarida hech qanday qonuniy va aniq asosga ega emas. Tursunovdan Turkiyada, Oʻzbekistonda yoki boshqa bir davlatda jamoat tartibini buzadigan hech qanday harakati yoʻq va u hech qanaqasiga jinoiy javobgarlikka tortilmagan.

    Davomini o'qish...
    923
    05.06.2025 14:05
  • Ustoz Mubashshir Ahmadga qanday shart qoʻyildi?

    Ustozga avdokati bilan koʻrishishga ham ruxsat berildi. Ustozning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun vakolatli ikki advokatlaridan tashqari koʻplab advokatlar koʻngilli ravishda bu ishga qoʻshilmoqchi boʻldilar. Ammo mutasaddilar ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ga faqat bitta advokatning himoya qilishi etarli ekani aytib, qolganlarining xizmatidan voz kechish haqida tilxat yozib berishlarini talab qilgan. Mubashshir domla bu shartni bajarganlar. Hozirda Ustozni bir vakolatli advokat domlani himoya qilmoqda.

    Davomini o'qish...
    1311
    23.05.2025 13:06
  • Azon Global Rasmiy maъlumoti

    Mubashshir Ahmad domla Davlat xavfsizlik xizmati markaziy tergov hibsxonasi (Gvardeyskiy)da saqlanayotgani aniqlandi. Bugun, 2025 yiling 20 may, seshanba kuni uni faqat bir nafar yaqini (ukasi) bilan koʻrishishga ruxsat berilgan. Ukasining guvohlik berishicha, ustoz Mubashshir Ahmad tergovchi va boshqa mutasaddilarning muomalasidan shikoyat qilmaganlar va oʻzlarini qoʻllab, duolar qilib turgan barcha-barcha insonlardan minnatdor ekanlarini bildirganlar.

    Davomini o'qish...
    1540
    20.05.2025 14:59
1
2
3