08.10.2025 16:03
129
Ustoz Mubashshir Ahmadga sud hukmi oʻqildi
Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida Ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunladi.
Eъlon qilingan sud hukmiga koʻra u Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish) 2-qismi, 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi va 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Alisher Tursunovga Jinoyat kodeksining 57-moddasini (engilroq jazo tayinlash) qoʻllagan holda 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61 (jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Shu bilan birga Internet tarmogʻidagi Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari, Telegram messenjeri hamda YouTube videoxostingidagi Mubaşşir Ahmad va Azon Global – Muqobil axborot-tahliliy kanali nomli sahifalar (kanallar) faoliyati toʻxtatilib, bloklanishi belgilandi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudining ushbu hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayъatiga apellyasiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maъlum qilinadi.