16.08.2025 12:44
345

Rasmiy axborot: Ustoz Mubashshir Ahmad ishi boʻyicha sud kuni aniq boʻldi


Oʻrta Osiyo xalqlari “Azon” vaqfi vasiylar kengashi raisi, “Azon” loyihalari asoschisi, ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) ishi boʻyicha sud kuni aniq boʻldi. Sud 2025 yil, 19 avgust, seshanba kuni soat 15:00da Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida, sudya Bobur Rahimov raisligida boshlanadi. Sudning ochiq yoki yopiq oʻtishi hozircha nomaъlum.
Eslatib oʻtamiz, ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) shu yilning 10 may, shanba kuni Turkiya va xalqaro qonunlarga xilof ravishda Oʻzbekistonga deportatsiya qilinganidan buyon hibsda qolayotgan edi. U kishiga Jinoyat kodeksining 244 prim 3 moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, keyinroq shu moddaning  1-qismi “g” bandi bilan qoʻshimcha ayblov eъlon qilingan. Oradan sal fursat oʻtib, 156-moddasi 2-qismi ham ishga qoʻshilgan. 
Keng jamoatchilikdan shu xalq, shu millatning ikki dunyo saodatiga erishishini istashdan boshqa dardi boʻlmagan ulamo Mubashshir Ahmad domlaning sud ishida adolat tantana qilishi yoʻlida befarq boʻlmasliklarini iltimos qilamiz. Va ayni paytda, mavjud voqelikka nisbatan vazminlik bilan oqilona yondoshishlarini, keraksiz hissiyotlarga berilmasliklarini soʻrab qolamiz.

Mavzuga aloqador