23.05.2025 13:06
316
Ustoz Mubashshir Ahmadga qanday shart qoʻyildi?
“Azon Global”da Ustoz Mubashshir Ahmadning salomat ekanlari, Davlat xavfsizlik xizmati markaziy tergov hibsxonasi (Gvardeyskiy)da saqlanayotgani aniq boʻlgani, ukasi bilan koʻrishtirilgani va sogʻligi qoniqarli ekani haqida xabar bergan edik.
Biroz vaqt oʻtib, Ustozga avdokati bilan koʻrishishga ham ruxsat berildi. Ustozning qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun vakolatli ikki advokatlaridan tashqari koʻplab advokatlar koʻngilli ravishda bu ishga qoʻshilmoqchi boʻldilar. Ammo mutasaddilar ustoz Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov)ga faqat bitta advokatning himoya qilishi etarli ekani aytib, qolganlarining xizmatidan voz kechish haqida tilxat yozib berishlarini talab qilgan. Mubashshir domla bu shartni bajarganlar.
Hozirda Ustozni bir vakolatli advokat domlani himoya qilmoqda.
Aftidan mutasaddilarning bunday shart qoʻyishlariga sabab tergov va mahkama jarayonlarida oʻzlari istamagan gap-soʻzlarning jamoatchilikka sizib chiqishining oldini olish boʻlsa kerak. Zero, shu bir advokatdan bu borada “tergov sirini ochmaslik” nomi bilan vaъda-tilxat olingan.
Shu oʻrinda biz jamoatchilikdan bu voqeani doimo kun tartibida saqlab turishlarini va Ustoz Mubashshir Ahmadning tez orada ozod boʻlishlarini yoʻlida qonuniy talab va duoni kanda qilmay turishlarini iltimos qilamiz.