07.10.2025 17:30
148
Ertaga Ustoz Mubashshir Ahmad ishi boʻyicha navbatdagi sud majlisi boʻladi
Ertaga soat 16:00 da Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida Ustoz Mubashshir Ahmad ishi boʻyicha navbatdagi sud majlisi boʻladi.
Oldinroq, Ustozga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha 2 oktyabr kuni oʻtkazilishi belgilangan sud majlisi 8 oktyabrga qoldirilgandi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning maъlum qilishicha, bunga ishni koʻrayotgan sudьya Bobur Rahimovning salomatligi bilan bogʻliq muammolar sabab boʻlgan.
Aslida oʻtgan oyda, 22 sentyabr kuni koʻrilishi lozim boʻlgan Ustoz Mubashshir Ahmadning ishi boʻyicha sud majlisi jami uch marta – 16 kunga qoldirildi. Dastlab 22 sentyabrdan 29 sentyabrga, keyin 29 sentyabrdan 2 oktyabrga, keyin esa 8 oktyabrga qoldirildi.
Ayni damda keng jamoatchilikdan shu xalq, shu millatning ikki dunyo saodatiga erishishini istashdan boshqa dardi boʻlmagan ulamo Mubashshir Ahmad domlaning sud ishida adolat tantana qilishi yoʻlida befarq boʻlmasliklarini iltimos qilamiz.