Iqlim o'zgarishi
Dunyodagi 457 ta muhim tabiiy koʻldan 43 foizi quridi – Science
1992-2020 yillarda tabiiy chuchuk suv resurslar, jumladan tabiiy koʻllar hajmi 53 foizga kamaygan.
Davomini o'qish...26.12.2023 12:282024 yilning fevrali rekord darajadagi eng issiq fevralʻ boʻldi
2024 yilning fevralʻ oyi butun dunyoda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fevralʻ boʻldi. Ushbu oyda havoning oʻrtacha harorati Tselʻsiy boʻyicha 13,54 darajani tashkil qildi, bu 1991-2020 yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 0,81 darajaga va avvalroq eng yuqori deb hisoblangan 2016 yil fevralʻ oyidagi oʻrtacha haroratdan 0,12 darajaga yuqori.
Davomini o'qish...07.03.2024 12:42Politico: EI davlatlari suv tanqisligi sababli mojaroga duch kelishi mumkin
Evrokomissiya hisob-kitoblariga koʻra, EI davlatlari aholisining uchdan bir qismi suv tanqisligi muammosiga duch kelmoqda. Kelgusida ushbu muammo suv resurslari uchun raqobatning kuchayishi, transchegaraviy suv resurslari boʻyicha davlatlar ichida va oʻrtasidagi nizolarga sabab boʻlishi mumkin, deyiladi Politico qoʻlga kiritgan maxfiy hujjatda.
Davomini o'qish...08.03.2024 07:50Okeanlar sathida rekord darajada issiq harorat qayd etildi
Okeanlar sathida kunlik oʻrtacha harorat rekord darajada koʻtarildi. Avvallari 20 yilda kuzatilgan harorat koʻtarilishi 2023 yilning oʻzida qayd etildi. Dengiz suvining ilishi suv ostidagi ekotizimining oʻzgarishiga, kuchli tropik boʻronlarning vujudga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Davomini o'qish...21.03.2024 11:47El-Ninʻo Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda – Aqilbek Japarov
Qirgʻiziston bosh vaziri Aqilbek Japarov Tinch okeanidagi El-Ninʻo iqlim hodisasi Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti uchun muammoga aylanishini maʻʻlum qildi. Japarov suv resurslari va yashil energiya Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy boʻgʻini boʻlishi lozimligini taʻʻkidladi.
Davomini o'qish...03.04.2024 14:28175 yil ichidagi eng issiq iyulʻ boʻldi
AQSh Okean va Atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) dushanba kuni eʻʻlon qilgan hisobotga koʻra, iyulʻ oyi rekord darajadagi eng issiq boʻldi. Shuningdek, global harorat ketma-ket 14-oydirki rekord darajadagi koʻrsatkichlarni qayd etmoqda.
Davomini o'qish...13.08.2024 11:35Iqlim oʻzgarishi Afrikaga tobora jiddiy taʻʻsir koʻrsatmoqda
Jahon Meteorologiya Tashkiloti maʻʻlumotlariga koʻra, atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilari boshqa qitʻʻalarga qaraganda ancha past boʻlishiga qaramay, Afrikada harorat oʻrtacha global koʻrsatkichdan tezroq koʻtarilmoqda. Hozirgi vaqtda Afrika davlatlari jazirama toʻlqinlari, kuchli yomgʻirlar, suv toshqinlari, tsiklonlar va uzoq davom etgan qurgʻoqchiliklar tufayli yalpi ichki mahsulotning oʻrtacha 2-5 foizini yoʻqotmoqda.
Davomini o'qish...02.09.2024 16:40Bu yil qish qattiq kelishi mumkinligi aytildi
Jahon meteorologiya tashkiloti 2024-2025 yillar qishida qattiq sovuq tushishi va qor boʻronlari boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu yoz oylarini kuzatuvlar tarixidagi eng issiq boʻlishiga xizmat qilgan El-Ninʻo iqlim hodisasi oʻrnini La-Ninʻya egallagani bilan izohlandi.
Davomini o'qish...12.09.2024 09:07Iqlim oʻzgarishi natijasida salomatlikka tahdidlar rekord darajaga etdi
JSSI hisobotiga koʻra, iqlim oʻzgarishining sogʻliq uchun tahdidlarini koʻrsatib boruvchi 15 koʻrsatkichdan 10 tasi yangi rekordlarni qayd etdi. Oʻtgan yili odamlar sogʻligʻi uchun xavfli ekstremal harorat odatdagidan 50 kun koʻproq vaqt davomida kuzatildi, kuchli qurgʻoqchilik esa global quruqliklarning 48 foiziga taʻʻsir koʻrsatdi.
Davomini o'qish...30.10.2024 14:37Turkiy davlatlar birinchi xonimlari iqlim oʻzgarishlari muammosiga diqqat qaratdi
Ozarbayjon poytaxti Bokuda BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konventsiyasi (COP29) ishtirokchilarining 29-konferentsiyasi doirasida Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Qirgʻiziston rahbarlarining rafiqalari uchrashdi. Ular iqlim oʻzgarishlarining ayniqsa yoshlar va bolalar salomatligiga salbiy taʻʻsiriga eʻʻtibor qaratishdi.
Davomini o'qish...13.11.2024 12:14