13.11.2024 14:26
89
Iqlim oʻzgarishining salomatlikka xavfi rekord darajaga etdi
Oʻtgan yili odamlar odatdagidan 50 kun koʻproq vaqt davomida sogʻliq uchun xavfli ekstremal haroratga duchor boʻlishdi va kuchli qurgʻoqchilik dunyo quruqlik maydonining 48 foiziga taʻʻsir koʻrsatdi. 65 yoshdan oshgan odamlar orasida issiqlik bilan bogʻliq oʻlimlar 1990-yillardagi darajaga nisbatan oʻtgan yili rekord darajada 167 foizga oshdi.
Dunyo boʻylab global iqlim oʻzgarishi oqibatida inson salomatligiga tahdidlar rekord darajaga etdi. Har yili nashr etiladigan hamda iqlim oʻzgarishi munosabati bilan aholi salomatligining oʻzgaruvchan holatini kuzatish maʻʻlumotlarini taqdim etuvchi The Lancet Countdown (“Ortga sanash 2024”) hisobotida bu haqda soʻz boradi.
Hisobot Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO) hamda 57 ta ilmiy muassasaning 122 nafar etakchi eksperti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Hisobotga koʻra, iqlim oʻzgarishining inson salomatligiga tahdidi bilan bogʻliq 15 koʻrsatkichdan 10 tasi yangi rekord darajaga etgan.
2023 yil rekord darajadagi eng issiq yil boʻlib, doimiy qurgʻoqchilik, halokatli issiqlik toʻlqinlari va oʻrmon yongʻinlari, boʻronlar va toshqinlar bilan odamlarning salomatligi, hayoti va turmush tarziga favqulodda taʻʻsir koʻrsatgan.
Oʻtgan yili odamlar odatdagidan 50 kun koʻproq vaqt davomida sogʻliq uchun xavfli ekstremal haroratga duchor boʻlishdi va kuchli qurgʻoqchilik dunyo quruqlik maydonining 48 foiziga taʻʻsir koʻrsatdi.
65 yoshdan oshgan odamlar orasida issiqlik bilan bogʻliq oʻlimlar 1990-yillardagi darajaga nisbatan oʻtgan yili rekord darajada 167 foizga oshdi.
Butun dunyo boʻylab odamlar piyoda yoki velosipedda yurish kabi engil ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shugʻullanayotganda rekord darajadagi issiqlik stressini boshdan kechirdilar. Yuqori harorat sababli yoʻqotilgan ishchi kuchi miqdori 1990-1999 yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 49 foizga oshgan va 835 milliard dollarlik iqtisodiy hajmga toʻgʻri keladi.
Oxirgi 10 yil ichida 1961-1990 yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatan dunyo quruqliklarining 61 foizida kuchli yogʻingarchilik hodisalari koʻpaygan. Bu suv toshqinlari, yuqumli kasalliklar va suvning ifloslanishi xavfini oshirgan.
Bunga parallelʻ ravishda ortib borayotgan jazirama toʻlqinlari va qurgʻoqchilik 2022 yilda 124 mamlakatda 151 milliondan ortiq odamni oziq-ovqat bilan bogʻliq jiddiy muammolarga duchor qildi.
Bu 2019 va 2023 yillar oraligʻida ekstremal ob-havo hodisalaridan jami yillik iqtisodiy yoʻqotish 227 milliard dollarni tashkil qildi.
Tez oʻzgaruvchan iqlim chivinlar orqali yuqadigan oʻlimli yuqumli kasalliklarning tarqalishi uchun ham sharoit yaratdi. Oʻtgan yili dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida 5 milliondan ortiq denge bezgagi kasalligi qayd etilgan, bu rekord darajada yuqori.
Hisobotdagi yangilangan raqamlar hukumatlar va kompaniyalar tomonidan qazib olinayotgan yoqilgʻilarga sarmoya kiritilishi tarixdagi eng yuqori darajaga etganini koʻrsatadi, bu esa chiqindilarni eng yuqori darajaga koʻtardi, natijada yoʻqotishlar butun dunyo boʻylab odamlarning omon qolish imkoniyatlarini pasaytirmoqda.
Energetika sektoridan karbonat angidrid chiqindilari ham oʻtgan yili rekord darajaga etib, 2022 yilga nisbatan 1,1 foizga oshdi.