2024 yilning fevrali rekord darajadagi eng issiq fevralʻ boʻldi
2024 yilning fevralʻ oyi butun dunyoda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fevralʻ boʻldi. Ushbu oyda havoning oʻrtacha harorati Tselʻsiy boʻyicha 13,54 darajani tashkil qildi, bu 1991-2020 yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 0,81 darajaga va avvalroq eng yuqori deb hisoblangan 2016 yil fevralʻ oyidagi oʻrtacha haroratdan 0,12 darajaga yuqori.
2024 yilning fevralʻ oyi butun dunyoda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq fevralʻ boʻldi, deya xabar
beradi Copernicus Evropa
monitoring xizmati.
“2024 yil fevrali butun dunyo boʻylab rekord darajadagi eng
issiq fevralʻ boʻldi”, — deyiladi xizmat saytidagi bayonotda.
Sinoptiklarning maʻʻlumotlariga koʻra, joriy yilning fevralʻ
oyida havoning oʻrtacha harorati Tselʻsiy boʻyicha 13,54 darajani tashkil qildi, bu
1991-2020 yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichdan 0,81 darajaga va avvalroq eng yuqori
deb hisoblangan 2016 yil fevralʻ oyidagi oʻrtacha haroratdan 0,12 darajaga yuqori.
Qayd etilishicha, 2024 yilning fevrali ob-havo rekord darajada yuqori boʻlgan ketma-ket
toʻqqizinchi oyga aylandi.
Oʻtgan oy Evropa boʻylab oʻrtacha harorat odatdagidan 3 daraja
yuqori boʻldi, bu “Markaziy va Sharqiy Evropadagi oʻrtacha koʻrsatkichdan ancha yuqori”.
Bundan tashqari, Sibir mintaqalari, Shimoliy Amerikaning baʻʻzi qismlari, Janubiy
Amerikaning aksariyat qismi, Afrika va gʻarbiy Avstraliyada ham havo iliqroq boʻldi, deya taʻʻkidladi
sinoptiklar.
Maʻʻlumotlar butun dunyo boʻylab sunʻʻiy yoʻldoshlar, ob-havo
stantsiyalari, kemalar va samolyotlar yordamida toʻplangan, deya maʻʻlum qildi Copernicus.
Avvalroq Copernicus Evropa monitoring xizmati 2023 yil
tarixidagi eng issiq yil boʻlgani va yil davomidagi oʻrtacha global harorat sanoat
davrigacha boʻlgan darajadan Tselʻsiy boʻyicha 1,48 darajaga oshgani haqida xabar
bergan edi. Keyinroq Butunjahon meteorologiya tashkiloti 2023 yil tarixdagi eng
issiq yil ekanligini tasdiqladi. Qayd etilishicha, global harorat iyundan
dekabrgacha har oyda yangi oylik rekordlarni oʻrnatgan, iyulʻ va avgust oylari
rekord darajadagi eng issiq oylarga aylangan.