08.03.2024 07:50

Politico: EI davlatlari suv tanqisligi sababli mojaroga duch kelishi mumkin

Evrokomissiya hisob-kitoblariga koʻra, EI davlatlari aholisining uchdan bir qismi suv tanqisligi muammosiga duch kelmoqda. Kelgusida ushbu muammo suv resurslari uchun raqobatning kuchayishi, transchegaraviy suv resurslari boʻyicha davlatlar ichida va oʻrtasidagi nizolarga sabab boʻlishi mumkin, deyiladi Politico qoʻlga kiritgan maxfiy hujjatda.

Suv tanqisligi kelgusida EI mamlakatlari oʻrtasida mojarolarning kelib chiqishi, jumladan, suv resurslari uchun raqobatning kuchayishi, transchegaraviy suv resurslari boʻyicha davlatlar ichida va oʻrtasidagi nizolarga sabab boʻlishi mumkin. Bu haqda Politico nashri qoʻlga kiritgan Evrokomissiyaning maxfiy hujjatida soʻz boradi.

Hujjatda aytilishicha, EI suv tanqisligini hayotning qariyb barcha jabhalariga: oziq-ovqat va suv, infratuzilma, iqtisodiy faoliyat va sogʻliqni saqlashga tahdid soladigan muammo deb biladi.

“Ushbu xavf-xatarlar turli shakllarda namoyon boʻlishi mumkin, jumladan, suv resurslari uchun raqobatning kuchayishi, transchegaraviy suv resurslari boʻyicha davlatlar ichida va oʻrtasidagi nizolar”, - deyiladi murojaatda. Shuningdek, suv tanqisligi tendentsiyasi ortib borayotgani va iqlimiy vaziyat yomonlashayotgani qayd etilgan. EIning konservativ hisob-kitoblariga koʻra, ittifoqning iqtisodiy oʻsishi 2100 yilga kelib 7 foizga pasayishi mumkin.

Tez-tez sodir boʻladigan hodisalar, toshqinlar, qurgʻoqchilik, oʻrmon yongʻinlari, kasalliklar, ekinlarning etishmasligi kabi tabiiy ofatlar allaqachon Evropa duch keladigan iqlim tahdidlaridan biriga aylandi. Ayni paytda Evrokomissiya "Evropa uchun 36 ta asosiy xavfni aniqlagan boʻlib, ularning baʻʻzilari allaqachon halokatli va yuqori shoshilinchlik darajasiga ega".

Evrokomissiyaning 2019 yildagi maʻʻlumotlariga koʻra, Evropa Ittifoqi aholisining uchdan biridan koʻprogʻi (38%) suv tanqisligiga duch kelgan. Qurgʻoqchilik Evropa iqtisodiyotiga har yili 2–9 milliard evro zarar etkazmoqda.

2019 yilgi maʻʻlumotlarga koʻra, Italiyada suv tanqisligi kuchli boʻlgan. Adriatik va Ion dengizi sohillarida joylashgan hududlarda taqchillik 1,5 km³ suvni tashkil etdi.

Bolgariyada suv tanqisligi 1,2 km³ deb baholanadi - bu Evropada ikkinchi eng yomoni. Hozirgi inqirozga ichimlik suvidan sanoat ehtiyojlari uchun foydalanish, shuningdek, toʻgʻonlar qurish bilan bogʻliq muammolar sabab boʻlishi mumkin. Mamlakatda mavsumiy suv cheklovlari joriy etilmoqda.

Iqlim oʻzgarishi va dengiz sathining koʻtarilishi kelgusi 80 yil ichida er osti suv zaxiralari 16 foizga qisqarishi kutilayotgan Malʻta uchun katta xavf tugʻdiradi.

Ispaniyada esa oʻtgan yil oxiridan buyon qurgʻoqchilikda kuzatilmoqda, tabiiy ofat ayniqsa qirollikning janubiy va sharqiy viloyatlariga taʻʻsir koʻrsatgan. Rasmiylar 2023 yilning apreli rekord darajadagi eng quruq va issiq oy boʻlganini eʻʻlon qildi.

Frantsiya qishki qurgʻoqchilikka duch kelmoqda. Shu bois mamlakat gʻarbida sugʻorish uchun 16 ta suv ombori majmuasi qurilishiga qarshi ekofaollarning butun Frantsiya boʻylab norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Loyiha muxoliflari suvning «agrobiznes» tomonidan «xususiylashtirilishi»ni qoralab, hokimiyatni suv ombori qurilishiga moratoriy joriy etishga chaqirmoqda.

Dunyoning chuchuk suvga boʻlgan talabi hech qachon hozirgidek yuqori boʻlmagan: Milliy geografiya jamiyati maʻʻlumotlariga koʻra, bugungi kunda uy xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi va sanoatda bir asr avvalgiga nisbatan sakkiz baravar koʻproq suv ishlatyapmiz.

Mavzuga aloqador