13.11.2024 12:14

Turkiy davlatlar birinchi xonimlari iqlim oʻzgarishlari muammosiga diqqat qaratdi



Ozarbayjon poytaxti Bokuda BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konventsiyasi (COP29) ishtirokchilarining 29-konferentsiyasi doirasida Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon va Qirgʻiziston rahbarlarining rafiqalari uchrashdi. 

Sammit doirasida «Yoshlarning iqlim oʻzgarishi boʻyicha harakatlardagi etakchiligi» mavzusida forumida Oʻzbekiston prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoeva, Ozarboyjon birinchi xonimi Mehribon Alieva, Turkiya birinchi xonimi Emine Erdoʻgʻan, Qirgʻiziston birinchi xonimi Oygul Japarova ishtirok etdi. Shuningdek, Qozogʻiston, Tojikiston, Vengriya, BMT tuzilmalari va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali vakillari, mazkur mamlakatlarning yosh ekofaollari qatnashdi.

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha asosli konventsiyasi ishtirokchilarining 29-konferentsiyasi, doʻst va qardosh Ozarbayjon tomonidan tashkil etilgan Jahon etakchilarining iqlim sammiti umumiy uyimiz – dunyoga naf keltirishiga umid qilaman. Ushbu sammit chegaradan oshib ketadigan birdamlik va tabiat va insoniyat uchun umumiy masʻʻuliyatning kuchli ifodasidir. Umid qilamanki, bu mushtarak iroda hamma uchun adolatli dunyo eshiklarini ochadi”, — deb yozdi Emine Erdogʻan sammit ochilish marosimidan soʻng X ijtimoiy tarmogʻida.

Oʻzbekiston birinchi xonimi, «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoeva iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlari yosh avlod – goʻdaklar, bolalar va oʻsmirlar hayotiga katta taʻʻsir koʻrsatayotgani, ularning millionlab tengdoshlari tabiiy ofatlardan, qurgʻoqchilikdan, suv va oziq-ovqat tanqisligidan har kuni aziyat chekayotganini qayd etdi.

«Bu hodisalarga qarshi kurashni yosh avlodsiz, uning ongli va faol ishtirokisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Ushbu nufuzli minbardan turib, bugun Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar yoshlari ham mana shu global harakatning ajralmas qismi sifatida shakllanayotganini qayd etish menga katta faxr bagʻishlaydi», — dedi Ziroat Mirziyoeva forumdagi nutqida.
«Forumning asosiy voqeasi – Oʻzbekiston, Ozarboyjon, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkiya tomonidan 2024-2030 yillarda Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish boʻyicha xalqaro strategiyaning imzolanishi boʻldi.

Mavzuga aloqador