El-Ninʻo Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda – Aqilbek Japarov
Qirgʻiziston bosh vaziri Aqilbek Japarov Tinch okeanidagi El-Ninʻo iqlim hodisasi Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti uchun muammoga aylanishini maʻʻlum qildi. Japarov suv resurslari va yashil energiya Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy boʻgʻini boʻlishi lozimligini taʻʻkidladi.
Tinch
okeanidagi El-Ninʻo iqlim hodisasi Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti uchun
muammoga aylanishi mumkin, dedi Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Aqilbek
Japarov.
“Mutaxassislarning
prognozlariga koʻra, 2024 yil Tinch okeanidagi El-Ninʻo keng koʻlamli iqlim
hodisasi tufayli rekord darajadagi issiq yillardan biri boʻlishi mumkin, bu esa shusiz
ham 2023 yilda eng yuqori choʻqqiga chiqqan global haroratga katta taʻʻsir
koʻrsatadi. Shuning uchun 2024 yilda haroratning yanada oshishi ehtimoli yuqori”, —
dedi Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov.
Qirgʻiziston
hukumati rahbari uzoq muddatli prognozlarga eʻʻtibor qaratib, iqtisodiy
muammolar butun Markaziy Osiyoga taʻʻsir qilishi mumkinligini taʻʻkidladi. Uning
soʻzlariga koʻra, 2050 yilga borib mintaqada aholi soni 27 foizga oʻsishi
kutilmoqda, bu esa oziq-ovqatga 35 foiz, ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojning 50
foizga oshishiga olib keladi.
Japarov kelgusida
suv resurslari va yashil energiya Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi
hamkorlikning asosiy boʻgʻini boʻlishi lozimligini taʻʻkidladi. Vazirlar
Mahkamasi rahbari ushbu resurslar mintaqadagi barcha davlatlarning barqaror
rivojlanishining asosiga aylanishi kerak, degan fikrni bildirdi.
2023 yil oxirida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 2024 yilda
suvdan noratsional foydalanish tufayli favqulodda tejamkorlik rejimi joriy etish
niyatida ekanligini maʻʻlum qilib, bu mamlakat iqtisodiyoti uchun jiddiy
muammolarni keltirib chiqarganini taʻʻkidladi.
El-Ninʻo – Tinch okeanining sirt qatlamidagi harorat oʻzgarishi
hodisasi. U iqlimga sezilarli taʻʻsir koʻrsatish va ekstremal ob-havo hodisalari: oʻrmon yongʻinlaridan tropik
tsiklonlar va uzoq muddatli qurgʻoqchilikni keltirib chiqarish qobiliyati
bilan ajralib turadi.