Eron-Isroil urushi
Oʻzbekistonliklardan "Isroil" va Eronga bormay turish soʻraldi
Eron va "Isroil" oʻrtasidagi ziddiyat tobora avj olib borayotgani ortidan vatandoshlarimizdan ushbu ikki mamlakatga borishdan tiyilish soʻraldi.
Davomini o'qish...8423.06.2025 08:30Eron va "Isroil" oʻrtasidagi urushda biz musulmonlarning pozitsiyamiz qanday boʻlishi kerak?
Biz rostdan ham bu urushdan chetda turib omon qolamizmi? Yoki bu urush biz istasak ham, istamasak ham barchamizning urushimizmi? Bu urushni "ikki dushman oʻrtasidagi ziddiyat" deb baholab, neytral pozitsiyada turishimiz kerakmi? Yoki aslida bu juda xavfli masala boʻlib, Eronni nishonga olayotgan kuchlar ertaga bizni ham nishonga olishni rejalashtirganmi? Agar "Isroil" gʻalaba qozonsa, Alloh saqlasin, u holda uning oldida hech qanday toʻsiq qolmaydi: u navbatma-navbat Misr, Suriya, Iordaniya, Pokiston, Turkiya va boshqa oʻlkalarni nishonga oladi buni esa uning rahbarlari ochiq eъlon qilib boʻlgan – Doktor Navvof Takruriy, Butunjahon ulamolar hayъati aъzosi, Falastin ulamolar hayъati rahbari.
Davomini o'qish...21922.06.2025 18:04"Isroil" uchun Eronga qarshi urush qimmatga tushmoqda
The Wall Street Journal'ning yozishicha, "Isroil" kuniga 200 million dollargacha mablagʻni havo mudofaasiga sarflamoqda. Ham zarba berish, ham raketalarni qaytarish uchun ishlatiladigan oʻq-dorilar va samolyotlar ham xarajatlarni oshiradi. Vayron boʻlgan binolarni tiklashning oʻzi kamida 400 million dollarga tushishi kutilmoqda.
Davomini o'qish...14820.06.2025 11:12Eron-Isroil mojarosi: kimlar koʻproq foyda koʻradi?
Eron-Isroil mojarosi Rossiya va Xitoy uchun toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy aralashuv emas, balki strategik imkoniyat sifatida namoyon boʻladi. Rossiya – mintaqadagi siyosiy taъsirini saqlash va Gʻarbga bosim oʻtkazishni maqsad qilgan boʻlsa, Xitoy – energetika xavfsizligi va “Bir kamar – bir yoʻl” loyihasi doirasida iqtisodiy barqarorlikka erishishni koʻzlaydi.
Davomini o'qish...35718.06.2025 17:06Eron qoidalarni oʻzgartirmoqda: tinkasi qurigancha urush, psixologik bosim va texnologik ustunlik
Eron sionistik rejimga nisbatan bir qator aniq zarbalarni amalga oshirdi va gibrid urushning yangi bosqichini ochib berdi. Keng qamrovli hujumlar oʻrniga – aniq nuqtalarga, oʻylangan va kutilmagan zarbalar bilan dushmanni tezkor javob berish qobiliyatidan mahrum etmoqda. Hatto dushman elita qismlari ham hujumdan gʻaflatda qoldi – zarbalar “Temir gumbaz” tizimini chetlab oʻtdi, sirenalar jim boʻldi, raketa va dronlar ogohlantirishsiz nishonlarga etib bordi.
Davomini o'qish...17718.06.2025 08:20150 nafar rossiyalik ziyoratchilar BAA da qolib ketishdi
Saudiya Arabistonida Haj ziyoratini ado etgan va BAA orqali vataniga qaytishi kerak boʻlgan jami 150 nafarga yaqin rossiyalikdan iborat uch guruh Sharja reysini toʻrt kundan beri kutmoqda. Kechikishlarga isroilning Eronga qarshi agressiyasi fonida fors davlati havo hududining yopilishi sabab boʻlmoqda.
Davomini o'qish...11817.06.2025 14:14isroil oʻz qilmishlarining oqibatini oʻylamayapti – Erdoʻgʻon
Turkiya prezidentining fikricha, Gʻarbning cheksiz koʻmagiga tayanib, Eronga hujum qilayotgan, Gʻazoni vayron etayotgan va mintaqadagi barcha davlatlarni mensimaydigan isroil oʻz qilmishlarining oqibatlarini oʻylamayapti. Ehtimol, kelajakda u oʻz xatosini tushunib etar, ammo juda kech boʻlishi mumkin.
Davomini o'qish...14817.06.2025 09:37TIV yana bir bor Eron va isroildagi oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi
Eron va Isroildagi oʻzbekistonliklarga harbiy va boshqa davlat obъektlariga yaqinlashmaslik, ularni foto va video suratga olmaslik; odamlar koʻp toʻplanadigan joylardan yiroqda boʻlish; mahalliy hukumat organlari tomonidan berilayotgan koʻrsatmalarga soʻzsiz rioya qilish, zarurat tugʻilganda maxsus boshpanalarga yoki xavfsiz joylarga yoʻl olish tavsiya etildi.
Davomini o'qish...14017.06.2025 08:24Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda — TIV
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotir bildirdi. "Bu keng koʻlamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin", — deyiladi bayonotda.
Davomini o'qish...168315.04.2024 13:25Iordaniya malikasi Eron uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirgani bilan maqtandi
Iordaniya malikasi, Qirollik harbiy-havo kuchlari uchuvchisi Salma Raniya Eron hujumi kuni oltita uchuvchisiz uchoqni urib tushirganini maʻʻlum qildi. Uning onasi falastinlik.
Davomini o'qish...283115.04.2024 12:30