23.06.2025 08:30
39

Oʻzbekistonliklardan "Isroil" va Eronga bormay turish soʻraldi

Oʻzbekistonliklardan "Isroil" va Eronga bormay turishlik soʻraldi

Eron va "Isroil" oʻrtasidagi ziddiyat tobora avj olib borayotgani ortidan vatandoshlarimizdan ushbu ikki mamlakatga borishdan tiyilish soʻraldi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov oʻzining Telegram sahifasida yozdi.

“Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotgani bizda chuqur xavotir uygʻotmoqda. Oʻzbekiston doimo mintaqadagi barcha tomonlarni oʻzaro muzokaralar orqali tinchlik yoʻlida harakat qilishga chaqirib kelgan”, deb yozgan u.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston fuqarolaridan Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilish, ushbu mamlakatlarda boʻlgan fuqarolardan esa imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish soʻralgan.

“Xavfsizlikni taъminlash maqsadida zarur choralar koʻrilmoqda, fuqarolarimizdan hushyorlikni saqlashni va rasmiy eъlonlarni kuzatib borishni iltimos qilamiz”, deyiladi TIV murojaatida.

Mavzuga aloqador