22.06.2025 18:04
222

Eron va "Isroil" oʻrtasidagi urushda biz musulmonlarning pozitsiyamiz qanday boʻlishi kerak?

Butunjahon ulamolar hayъati aъzosi, Falastin ulamolar hayъati rahbari Doktor Navvof Takruriy bu haqida quyidagilarni aytgan:

"Biz bugungi yashayotgan murakkab va ogʻir vaziyatda, sionistlarning jinoyatlari chegaradan chiqib ketgani va ular butun mintaqani oʻz hukmronligi ostiga olish orqali "Katta Isroil" orzusini roʻyobga chiqarishga boʻlgan aniq istagini eъlon qilgan bir paytda, Eron va sionistik rejim oʻrtasida davom etayotgan urushga nisbatan sharъan va siyosiy jihatdan qanday pozitsiya tutishimiz kerakligi haqida toʻxtalib oʻtishimiz lozim.

Eron oʻz vaqtida toʻrtta arab poytaxtini nazorati ostiga olgan holda bizning yurtlarimizda fasod tarqatgan, ammo ayni paytda u Falastin xalqining jihodiga nisbatan ayrim ijobiy pozitsiyalarni ham egallagan, bu esa ularning mintaqadagi manfaatlariga bogʻliq edi.

Eronning mintaqadagi ahli sunna boʻlgan musulmonlarga qarshi jinoyatlari Allohga shukrki  bugun zaiflashdi. U Suriya hududidan chiqarib yuborildi, Livan va Iroqda ham taъsiri sezilarli darajada kamaydi, garchi mutlaqo yoʻqolmagan boʻlsa ham.

Ammo haqiqiy savol quyidagicha: biz rostdan ham bu urushdan chetda qolib omon chiqamizmi? Yoki bu urush biz istasak ham, istamasak ham bizning urushimiz hammi? Bu urushni “ikki dushman oʻrtasidagi ziddiyat” deb baholab, neytral pozitsiyada turishimiz kerakmi? Yoki aslida bu juda xavfli masala boʻlib, Eronni nishonga olayotgan kuchlar ertaga bizni ham nishonga olishni rejalashtirganmi?

Agar "Isroil" gʻalaba qozonsa Alloh saqlasin u holda uning oldida hech qanday toʻsiq qolmaydi: u navbatma-navbat Misr, Suriya, Iordaniya, Pokiston, Turkiya va boshqa oʻlkalarni nishonga oladi buni esa uning rahbarlari ochiq eъlon qilib boʻlgan.

Shundan kelib chiqqan holda men barcha musulmonlarga xususan olimlarga, murojaat qilamanki: ongli boʻling, gʻazab sizlarni baъzida bilmagan holda sionistik rejimga yaqin boʻlgan pozitsiyalarni egallashga undab qoʻymasin. Biz bu ummatning manfaatlariga real yondashuv bilan qarashimiz kerak. 

Isroil nafaqat Eronga yoki nafaqat Falastinga qarshi, balki u butun mintaqani egallash va butun ummatni yoʻq qilish niyatida. Eron bilan Isroil oʻrtasida tenglikka asoslangan pozitsiyani egallash toʻgʻri emas".

Ijtimoiy tarmoqlardan olindi

Mavzuga aloqador