20.06.2025 11:12
134
"Isroil" uchun Eronga qarshi urush qimmatga tushmoqda
Eron bilan ehtimoliy toʻqnashuv "Isroil"ga kuniga yuzlab million dollarga tushmoqda. Bu esa xorijdan yordam olinmagan taqdirda yahudiy davlatining kelgusida jangovar harakatlar olib borish imkoniyatini sezilarli darajada pasaytiradi.
The Wall Street Journal'ning yozishicha, "Isroil" kuniga 200 million dollargacha mablagʻni havo mudofaasiga sarflamoqda. Ham zarba berish, ham raketalarni qaytarish uchun ishlatiladigan oʻq-dorilar va samolyotlar ham xarajatlarni oshiradi. Vayron boʻlgan binolarni tiklashning oʻzi kamida 400 million dollarga tushishi kutilmoqda.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, "Isroil"ning Eronga qarshi urushi kuniga taxminan 725 million dollarga tushmoqda. Bu raqam faqat bevosita harbiy xarajatlarni qamrab olgan.