15.04.2024 13:25

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda — TIV

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotir bildirdi. "Bu keng koʻlamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin", — deyiladi bayonotda.

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda, deya bayonot berdi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Oʻzbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrishga chaqirdi.

«Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng koʻlamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz», — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev dunyodagi notinchlik haqida gapirar ekan, “Xalqaro maydonda balans buzildi, qonun-qoidalar mutlaqo oʻzgardi", – degan edi. 

Oʻzbekiston prezidentining fikricha, "hatto doʻstim deb yurgan davlatlar oʻrtasida ishonch yoʻq boʻldi, desak bu ham adolatdan. Ertaga dunyoda bu notinchlik koʻlami qaergacha kengayishini hech kim bilmaydi”.

Mavzuga aloqador