Isroil Eronga qarshi yangi urushni boshlashi mumkin
Eron va Isroil oʻrtasidagi oʻn ikki kunlik urush yakunlanganiga qariyb 50 kun boʻldi, biroq mintaqadagi taranglik haligacha saqlanib turibdi. Foreign Policy nashrining yozishicha, Isroil oʻzining barcha strategik maqsadlariga eta olmagani bois yangi urushni boshlashi mumkin.
Ekspertlarga koʻra, Isroilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat edi:
1. AQShni Eronga qarshi bevosita harbiy toʻqnashuvga tortish;
2. Fors davlati tuzumini agʻdarish;
3. Eronni Suriya yoki Livanga oʻxshash davlatga aylantirish (yaъni, AQSh yordamisiz muntazam zarbalarga uchraydigan hudud holatiga keltirish).
Tahlilchilarning fikricha, keyingi urush ancha qonli boʻlishi mumkin. Bu urushga Vashington ham faol tarzda jalb qilinsa, hattoki AQSh–Eron toʻqnashuvi ham yuz berishi mumkin.
Bundan tashqari, Isroil mudofaa vazirligi allaqachon jangovor harakatlarni qayta boshlash stsenariylarini koʻrib chiqishgan. Oʻz navbatida, Eron oʻz mudofaa salohiyatini tiklash va oshirishni davom ettirmoqda, bu esa uzoq muddatli qarama-qarshilikka tayyorlikdan dalolat beradi.
Shu bilan birga, agar bugun Alyaskadagi sammit chogʻida Donalьd Tramp Kremlga norasmiy kelishuv – Ukrainani Eronga almashtirish
taklifini bildirsa, katta ehtimol bilan Rossiya oʻzining ittifoqchisi Eronni faol qoʻllab-quvvatlashdan voz kechishi mumkin.