Zehniyat
Din yahudiylar taraqqiyotiga toʻsiq boʻldimi?
Bizda diniy taʻʻlimga taʻʻqiq qoʻyish jonbozlari boʻlgan ateist, agnost va sekulyarlarning hamisha Isroil davlatining tarafini olganini kuzatasiz. Ular Isroil davlatini dunyoviy, demokratik, tarqqiy etgan davlat va Evropaning Yaqin Sharqdagi vakili sifatida juda olqishlashadi. Xoʻsh, ular oʻzlari uchun yoʻlboshchi sanab turgan, hamisha maqtaydigan, har qaysi holda shaʻʻnini himoya qiladigan Isroil davlatida diniy taʻʻlim masalasi qanday ekanini oʻrganishganmikin? Isroilda diniy taʻʻlim oddiy obod-axloq masalasi emas, balki yahudiylarning muqaddas kitobi Tavrot va uning sharhi Talmudga asoslanishini bilisharmikin?
Davomini o'qish...173906.07.2024 18:34Oʻzbek jihodchilarining farqi nimada?
Сурия, Ироқ ва бошқа мамлакатларда қўпорувчи ташкилотларга аъзо бўлган ўзбек (тожик ва уйғурлар ҳам) жиҳодчиларининг бошқа миллат вакилларидан асосий фарқини биласизми? Улар на пул, на бошқа дунёвий манфаатлар учун жанг қилишади. Улар кўр-кўрона шаҳид бўламан, деб урушга киришади (жиҳод, шаҳидлик нима деган саволга жавоб бера олишмаса ҳам).
Davomini o'qish...133530.06.2024 17:32Taqiqlanishga kim loyiq?
Islom huquq tizimining boshqa tizimlardan farqi usulda uning Mutlaq Olim boʻlgan Zotning ilmiga asoslanganidir. Yaʻʻni, barcha ilmlarning egasi, oʻta hikmatli boʻlgan Allohning chiqargan yoʻrigʻi shubhasiz bexatodir, shubhasiz manfaatlidir.
Davomini o'qish...126327.06.2024 19:55Ummat oʻz vazifasini unutdi(mi)?!
Mana shu sodir boʻlgan va boʻlayotgan voqealar tarixiy bir savolni oʻrtaga tashlaydi: Bu hodisalar koinot va tarixdagi tabiiy qonunlar bilan belgilab qoʻyilganmi? Hadisi shariflarda xabari berilgan bu ogohlantirishlarning asta-sekin sodir boʻlishi hali sodir boʻlmagan xushxabarlarning ham muqarrar ekanidan dalolat beradimi? Tarixiy qonunlardan bexabarligimiz tarix maydonidan chetda qolib, uzoqlashib ketishimizga bevosita sabab emasmi? Nima uchun Islom ummati tarix yaratish funktsiyasini unutib qoʻydi? Islom ummati tarix yaratgan edi, musulmonlarning davri tugadimi? Tarixni oʻzgartirishimiz uchun Qurʻʻon va Sunnatga yana qaytishimiz kerakmi? Marokashlik yozuvchi va tadqiqotchi Fuad Harijaning maqolasi shu haqda.
Davomini o'qish...172021.06.2024 18:00Rossiyadagi kamsitishlar. Muxojirlarga bosim nega kuchayib ketdi?
Moskvadagi qonli hujumlardan soʻng Rossiyada millatchilik va shovinizm qaytadan bosh koʻtardi. Muhojirlar kaltaklanmoqda, vandalizm va irqchilik holatlari koʻpaygan.
Davomini o'qish...179820.06.2024 18:24Ilm tushunchasining asl mohiyati
Islomda Oliy Haqiqat, bu – Allohdir (al-Haqq). U Yaratguvchidir va Uning ijodi Uning muqaddas sifatlarining namoyon boʻlishi demak. Yaratish (ijod) shuningdek, dunyoni idrok etishni osonlashtiradigan va oʻz navbatida, Yaratganni tushunishga va qadrlashga olib keladigan ishoratlar (oyatlar) toʻplamidir. Bundan kelib chiqadiki, ilm haqiqat bilan chambarchas bogʻliq. Bu ekzistentsial voqelikning istalgan darajasidagi narsalarning, ular xoh muhim boʻlsin, xoh ahamiyatsiz, haqiqiy va asl holatini bilish demak. Muhimi narsalarning miqdoriy oʻlchamlari emas, balki haqiqatdir. Aslida, ilm va haqiqat bir tanganing ikki yuzidir.
Davomini o'qish...107926.05.2024 08:30Tarixga yolgʻon aralashtiriladimi? Yoxud yana Georgiy lentasi haqida
“Axir Georgiy lentasi sening ota-bobongni qirgani uchun, bolalarini oʻldirgani, xotinlarni zoʻrlagani uchun mukofot sifatida berilgan, endi hozir uni sening koʻchangda targʻib qilsa, sen qanday chidaysan?!” desa, axir bu “Gvardeskaya lenta”-ku deydi. U holda “Gvardeskaya lenta” deb ayt, nima uchun “Georgiy lentasi”, deysan, desam, yana bir narsalar deydi... Tarixchi Shuhrat Barlosning Georgiy lentasi haqidagi mulohazalari.
Davomini o'qish...231207.05.2024 17:20Feministlarning Gʻazo imtihoni: ularning asl yuzi fosh boʻldi
Isroilning Gʻazoni yillardir qamalda tutishi va toʻgʻridan-toʻgʻri bombardimon qilishlari oʻn minglab falastinlik ayollar va bolalarni nobud qildi, mayib qildi va vayronalar ostida qoldirdi. Ular qishni uy-joy va taʻʻminot jihozlarisiz qarshi oldilar. Sogʻliqni saqlash tizimining deyarli toʻliq ishdan chiqishi, oziq-ovqat va toza suvning etishmasligi Gʻazodagi 45 ming homilador va 68 ming emizikli onalarning kamqonlik, qon ketish va oʻlim xavfiga duch kelganini anglatib turibdi. Ayni damda, bosib olingan Gʻarbiy Sohilda yuzlab falastinlik ayollar va bolalar hamon qamoqda boʻlib, koʻplari sudsiz, jirkanch sharoitlarda yashashga majbur etilmoqda. Bu falokat oshkora bir tarzda oʻz davrini surmoqda, biroq Britaniyadagi va umuman Gʻarbdagi feministlarning koʻpchiligi bu haqda goʻyoki tildan qolgan, aytadigan gaplari yoʻqdek.
Davomini o'qish...164902.02.2024 18:10Falastin aslida kimniki?
Oʻtgan yillar davomida oʻn minglab insonlarning qurbon boʻlishiga olib kelgan Falastin-Isroil mojarosi bugun yana dunyo hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. Xoʻsh, asrlar mobaynida davom etib kelayotgan bu mojaro barchani “Aslida, Falastin kimniki: arablarnikimi yoki yahudiylarniki?” degan savolni oʻylashga, fikrlashga majbur qiladi.
Davomini o'qish...843930.01.2024 18:00Rossiya Ukrainada gʻalaba qozonsa, nima boʻladi?
Rossiya Ukrainada gʻalaba qozonsa, nima boʻladi? Navbatdagi “oʻlja” kim?
Davomini o'qish...447024.01.2024 18:05