06.07.2024 18:34

Din yahudiylar taraqqiyotiga toʻsiq boʻldimi?

Bizda diniy taʻʻlimga taʻʻqiq qoʻyish jonbozlari boʻlgan ateist, agnost va sekulyarlarning hamisha Isroil davlatining tarafini olganini kuzatasiz. Ular Isroil davlatini dunyoviy, demokratik, tarqqiy etgan davlat va Evropaning Yaqin Sharqdagi vakili sifatida juda olqishlashadi. Xoʻsh, ular oʻzlari uchun yoʻlboshchi sanab turgan, hamisha maqtaydigan, har qaysi holda shaʻʻnini himoya qiladigan Isroil davlatida diniy taʻʻlim masalasi qanday ekanini oʻrganishganmikin? Isroilda diniy taʻʻlim oddiy obod-axloq masalasi emas, balki yahudiylarning muqaddas kitobi Tavrot va uning sharhi Talmudga asoslanishini bilisharmikin? 


Aytish joizki, bu erda Isroildagi diniy taʻʻlimda oʻrgatiladigan taʻʻlimotlar, koʻrsatmalar, ulardagi agressiv qarashlar, undagi muammolar bu erda asosiy mavzu emas. Aytmoqchi boʻlganimiz, dunyoviy sanalgan davlatda diniy taʻʻlim borligidir. Ammo farqi, Islomda hech qanday irqchilik, bir xalqni muqaddaslashtirish, radikalizm, agressiv qarashlar butkul yoʻqligidir, buni taʻʻkidlash shart boʻlmasa kerak.


Oxirgi paytlarda Falastin mojarosi fonida Iroil davlati bilan arab davlatlari oʻrtasidagi tavofutlarni koʻrsatishga urinishlar ham koʻpaydi. Qaysi bir islomofob kimyogar Isroil davlati bilan arab davlatlarini solishtiribdi. Unga koʻra, musulmonlarning taraqqiyotdan ortda qolishiga islomiy ilmlar, diniy taʻʻlim sabab emish. Musulmonlardagi matnlarni yodlatish usuli tafakkur va taraqqiyotga toʻsiq emish. 


Oʻzi umuman olganda, ayrim kishilarda shunday tushuncha bor, yaʻʻni dindorlik, Islomni oʻrganish ilm-fanga toʻsiq boʻladi, degan fikr bor. Xoʻsh, bu qanchalar toʻgʻri?


Mazkur maqola muallifi ilm-fanda katta yutuqlarga erishgan yahudiy olimlarni va ularning ixtirolarini sanab chiqibdi. U Isroildagi bugungi madaniy taraqqiyotni ogʻzidan bol tomib maqtar ekan, isroilliklar bu yutuqlarga dinini tashlab, dunyoviy ilmlar evaziga erishgandek tasavvur berishga urinibdi. Bu xato yondashuv boʻlib, bilimsizlik yoki gʻaddorlikdir. Aslida yahudiylarda diniy ilmga eʻʻtibor bizdagi koʻpchilik tasavvur qilgandan umuman boshqacha. 


Isroil maktablarida oʻzlarining diniga, diniy ilmlariga juda katta eʻʻtibor beriladi. Maktabda yahudiy shariati va eʻʻtiqodidan maxsus darslar bor, bolalar oʻzlarining muqaddas kitoblari bilan yaqindan tanishadilar, kerakli diniy matnlarni yodlaydilar ham. 


Anʻʻanaviylikka koʻproq eʻʻtibor beradigan oilalarning farzandlari uchun diniy ilmlar yanada chuqurroq oʻrgatiladi, peshqadam ravvinlar kelib ularga dars beradi, Tavrot matnlari yodlatiladi. Ular nafaqat oʻz dinini oʻrgatadi, balki millatchilik ruhini ham singdirib, musulmonlar va arablarga nisbatan nafrat uygʻotuvchi maʻʻlumotlarni ham darsliklar orqali zimdan singdirib borishadi, degan tahlillar ham bor. Bu haqda alohida tadqiqotlar qilingan, istaganlar oʻrganishi mumkin.


Isroilda maktablarda diniy taʻʻlim berishdan tashqari, diniy ilmga ixtisoslashgan maktablar ham koʻp. 2015 yili Isroilda diniy maktablar soni 240 ta boʻlib, ularda 90.000 oʻquvchi taʻʻlim olar edi. 2021 yilga kelib diniy maktablar adadi 285 taga, oʻquvchilar soni 113.000 ga etdi. Bular diniy ilmlarga ixtisoslagan maktablar boʻlib, ularda dindor yahudiylar etishtiriladi.


Ochigʻini aytish kerak, nasroniylarga nisbatan yahudiylarda dindorlik yuqori. Ular shariatini, buzilgan shaklda boʻlsa ham, saqlab qolgan. Juda koʻp ishlarini diniy eʻʻtiqoddan kelib chiqib qilishadi, biroq, buni yashirishadi va dunyoviylik toʻni bilan dunyoga namoyish etishadi. Ular qadimdan shunday, yutuqlariga sabab boʻlgan diniy omillarni odamlardan yashirib kelishadi va qizgʻanishadi.


Demak, Isroil bugungi taraqqiyotga erishish uchun dinidan, diniy ilmlardan voz kechmagan, aksincha, dinini hurmat qilib, uni chuqur oʻrgangan holda boshqa ilmlarga eʻʻtibor bergan. Mana shu ulardagi haqiqiy voqelik. 


Bizda koʻp soha vakillari na dinini biladi, na zamonaviy ilmlarni chuqur oʻrganadi. Maqola muallifiga oʻxshash kimyogar, muhandis va boshqalar oʻzlarining bilimsizliklarini, taʻʻlimdagi noʻnoqliklarini musulmonlardan ayb qidirish bilan haspoʻshlashadi. Baraka topgurlar, diniy ilm egalari oʻz ishini qilyapti ekan, sizlar ham oʻz ishlaringni qilinglar, kim sizlarni ushlab turibdi?! Birovlarni kovlash oʻrniga oʻz sohangizdagi muammolarni hal qiling, shunda rivojlanasiz. Sizlar pora olishdan, bir-biringizga hasad qilib, oyoq chalishdan boʻshamaysiz-da, keyin ilm-fan rivojlanmasligiga dindorlar aybdor boʻladimi? 


Bizda oʻzi diniy ilmga qiziqqanlar necha foiz chiqadi, hech oʻylab koʻrganmisiz? Aholi soniga nisbatan juda kam. Professional diniy mutaxassislikka qiziqqanlar yarim foiz ham chiqmasa kerak. Masalan, bugungi aholi soniga qaraganda agar bizda 350.000 (uch yuz ellik ming) diniy olim etishsa, shunda bir foiz odam islomiy ilmlarga oʻzini bagʻishlagan boʻladi. Bunchalik adad hozir hech kimning tasavvuriga ham sigʻmaydi. Koʻpchilik oddiy ibodatli musulmon boʻlishni istaydi, xolos. Bir foizmas, boring, oʻn foiz odam diniy ilmlarda mutaxassis boʻldi deylik, xoʻsh, qolganlar nima qilyapti? 


Boshqa sohalarning rivojlanmasligi kishilarning dindorligiga aloqador emas, balki oʻsha sohalardagi muammolarga bogʻliq, buni bilish uchun, juda katta aql ham kerak emas. Har narsaga dinni aybdor qilish dinsizlik psixologiyasiga xos illatdir.


Masalan, hozir aholimiz yiliga sal kam bir millionga koʻpaymoqda. Bu har yili shuncha odamga turli ilmlarda taʻʻlim beradigan muallimlar ham etishtirish kerak, degani. Masalan, bitta ustoz matematika, ona tili, Qurʻʻon, hadis, fiqh yoki boshqa ilmdan nechta odamga taʻʻlim berishga ulgurishini hisoblasangiz, diniy ilmlarda kadr juda ham muammo. Butun boshli Oʻzbekistonda nechta faqih, mufassir yoki muhaddis bor deb oʻylaysiz? Deyarli yoʻq. Aytingchi, buxoriylar, termiziylarning bugungi avlodi – siz bilan bizning ichimizda dunyo eʻʻtirof etadigan birorta muhaddis yoki faqih bormi? Afsuski, yoʻq. Faqatgina Qurʻʻon oʻqita oladigan kishilar nisbatan koʻproq, ular ham shahar joylarda, xolos. Boshqa birorta ilmda bizda etarli diniy ilm mutaxassisi yoʻq. Koʻpchilik masjid imomlari, ochigʻini aytganda, faqatgina namoz va daʻʻvatga yaraydigan odamlar, ularning aksari diniy ilmlarda mutaxassislik darajasida dars bera olmaydi. Yahudiylarda esa diniy olimlari juda ham etarli, tadqiqotchilari juda ham koʻp. Ular oʻz dinlarini oʻrganibgina qolmay, boshqa dinlarni ham juda chuqur oʻrganishadi va hamisha ularning taʻʻsiridan oʻz xalqini asrash harakatida boʻlishadi. Ularning ichida Islomni har taraflama oʻrgangan tadqiqotchilar anchagina koʻpligini hamma biladi. Ularning Qurʻʻon va Islom tarixi borasida olib borgan tadqiqotlari, yozgan asarlari son-sanoqsiz. Ular odatda boshqa dinlarni oʻz dinlaridan keyin oʻrganishadi. Biz esa hali oʻz dinimizni etarlicha oʻrganishga ulgirganimizcha yoʻq. Mana, gap qaerda!


Toʻgʻri, fan-texnika taraqqiyoti, iqtisodiy farvonlik uchun zarur ilmlarni, albatta, oʻrganish kerak, busiz dunyoda yaxshi yashash imkonsiz. Biroq inson maʻʻnaviyatini tutib turuvchi ilmlarga ham hamisha muhtoj. Inkorda chuqur ketish oqibatida ruhi falaj, qalbi oʻlik boʻlgan islomofob kishilar boshqalarni ham oʻzlaridek murdaqalb bilmasliklari kerak. Sof tabiati buzilmagan inson borki, dinga ragʻbat qiladi, undan osudalik istaydi. Buni rad etish emas, toʻgʻri taʻʻminlash chorasini koʻrish darkor. Unga qarshi radikal kurash hech narsani hal qilmaydi, oʻtgan asrdagi mustabid tuzum bunga yorqin misol. Qoʻlidan kelsa, davlat xalqning bu ehtiyojini tartibli ravishda etarlicha qondirib berishi kerak. Boʻlmasa, odamlar oʻzlarini eplab kun koʻrishlariga xalal bermasligi darkor. Aks holda, u xalqi oldidagi burchini bajarmagan ham boʻladi!

Tan olish kerak, dinni notoʻgʻri anglash va talqin qilish dunyoviy taraqqiyotga toʻsiq boʻlishi, jamiyatga tahdid solishi bor gap. Tarki dunyochilik, esktremistik gʻoyalar, foydali ilmlar oʻrtasida ayirmachilik, bir yoqlama targʻibotlar, hammaning bir sohaga yoʻnalishi mamlakatni orqaga tortishi tabiiy. Bugungi tezkor zamonda bu hol jamiyat uchun xatarlidir. Biroq bu muammoning echimi toʻgʻri taʻʻlimda, xolos, taʻʻlimni man qilishda emas.


Tarix va bugungi voqelikdan maʻʻlumki, davlat qaysi sohaga koʻp eʻʻtibor bersa, oʻsha soha rivojlanib ketaveradi, buning uchun boshqa ilmlarga toʻsiq qoʻyish shart emas. Somoniylar davrida hadis ilmi rivojlangan boʻlsa, qoraxoniylar fiqhga koʻp eʻʻtibor bergani uchun bu davrda oʻlkamizda hanafiy fiqhi rivojlandi. Temuriylar adabiyotga eʻʻtibor bergan edi, sheʻʻriyat taraqqiy etdi. SSSR hukumati mafkuraviy maqsadlarda yozuvchilarni qoʻllagan edi, shu soha rivoj topdi va hokazo.


Shu oʻrinda mavzuni yoritish maʻʻnosida hozirgi global dunyoda fan va texnikaning turli sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan nufuzli musulmon olimlarni eslash joiz:


Abdus Salam (1926-1996): Pokistonlik fizik, elektromagnit oʻzaro taʻʻsirlar sohasidagi tadqiqotlari uchun fizika boʻyicha Nobelʻ mukofoti sovrindori. U Sheldon Glashov va Stiven Vaynberg bilan birgalikda elektr kuchsiz kuchlar nazariyasiga muhim hissa qoʻshdi;


Abdul Kalam (1931-2015): Raketachi olim va muhandis, Hindistonning sobiq prezidenti. U Hindiston yadro dasturining otasi hisoblanadi;


Aziz Sanjar (1946 yilda tugʻilgan). Kimyo boʻyicha Nobelʻ mukofoti sohibi. Turkiyalik biolog va kimyogar; 


Ahmad Zavoiy (1931-2015): 1997 yilda yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlari va Shimoliy Afrikadagi yadroviy mojaroning oldini olishdagi harakatlari uchun Tinchlik uchun Nobelʻ mukofotini olgan jazoirlik fizik;


Ahmad Zavil (1946-2016): Kimyo fanida qilgan ixtirolari uchun 1999 yili Nobelʻ mukofoti sovrindori. U asli misrlik musulmon olim;


Attiyab al-Ranja (1962-2018): Pokistonlik fizik, elementar zarralar va kosmologiya sohalari boʻyicha mutaxassis. U Evropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti (CERN) sobiq direktori;


Munji Bovandiy (1961 yil tugʻilgan). Tunislik olim. Kimyo sohasida Nobelʻ sovrindori.


Sumayya Nasr (1978 yilda tugʻilgan): Ummonlik astrofizik va NASAda ishlaydigan astronom. U galaktikalar va qora tuynuklarni oʻrganishda faol ishtirok etadi;


Fotima Ali Shayx (1966 yilda tugʻilgan): raqamlar nazariyasiga ixtisoslashgan BAAlik matematik. U Abu-Dabidagi Nʻyu-York universitetining matematika professori;


Hasanayn Kozim (1963 yilda tugʻilgan): simlar nazariyasi va kvant tortishish sohalarida ishlaydigan eronlik fizik va matematik;


Nidal Shakariy (1963 yilda tugʻilgan): Livanlik olim, matematika va fizika sohalariga hissa qoʻshgan, shuningdek, arab dunyosida taʻʻlim va fan sohasidagi faoliyati bilan mashhur;


Shiraz Minhas (1951 yilda tugʻilgan): eksperimental yadro fizikasiga ixtisoslashgan turk fizigi. U ilmiy-ommabop taʻʻlim sohasida ham faol.


Bu olimlar musulmon olamidagi iqtidorli tadqiqotchi va olimlarning kichik bir qismini tashkil etadi. Musulmon olimlari qadimdan ilmning barcha tarmoqlarida beqiyos xizmat koʻrsatib kelganlar va bugun ham musulmonlar dunyo boʻylab ilm-fan va taʻʻlimning turli sohalarida oʻz hissalarini qoʻshishda davom etmoqdalar. 


Shuni ham eslash joizki, ilm-fanda erishilgan yutuqlarning yuqoriligi eʻʻtirof etilishi uchun Nobelʻ mukofotiga sazovor boʻlish asosiy shart emas. Dunyoga tanilmagan, lekin oʻz yurtida ilm-fanga katta hissa qoʻshgan olimlar ham juda koʻp. Zotan, xalqaro mukofotlarni qoʻlga kiritish uchun kerakli talablar har doim ham muyassar boʻlavermaydi va bugungi dunyoda bu borada ham begʻarazlik doim ham topilmasligi bor haqiqatdir.


Xulosa qilib aytganda, bolalarga diniy taʻʻlim berish dunyoning hech bir joyida dunyoviylikka teskari deb tushunilmaydi. Maktablarda diniy taʻʻlim berayotgan davlatlarda zamonaviy ilmlar oqsab qolayotgani ham yoʻq. Dunyoga hukmronlik daʻʻvosidagi rivojlangan davlatlarda diniy taʻʻlim yoshlarni zaharlash deb qaralmayotir. Agar biz dunyoga buyuk ulamolarimizni etishtirib bergan muqaddas dinimiz taʻʻlimotlari haqida shunchaki tushunchaga ega boʻlmasak, muammo Islomda emas, bizning ongimizda ekanini eʻʻtirof etish kerak. Zero, islom dini boshqa dinlardan insoniylik jihatdan ham behad yuksakdir. 


Diniy taʻʻlim dunyoning barcha davlatlarida deyarli erkin. Biroq bu erda haqlilarni emas, kuchlilarni eʻʻtirof etishga oʻrganganlar uchun ana shunday qudratli davlatlardan biri misol tariqasida keltirildi. Boʻlganda ham, Gʻarb etakchilari demokratik dunyoviy mamlakat deya himoya qilayotgan davlat tanlandi. Diniy taʻʻlimni dunyoviy taraqqiyotga zid qoʻyayotgan janoblar, endi bunisiga nima deysiz?





Mavzuga aloqador