30.01.2024 18:00

Falastin aslida kimniki?

Oʻtgan yillar davomida oʻn minglab insonlarning qurbon boʻlishiga olib kelgan Falastin-Isroil mojarosi bugun yana dunyo hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. Xoʻsh, asrlar mobaynida davom etib kelayotgan bu mojaro barchani “Aslida, Falastin kimniki: arablarnikimi yoki yahudiylarniki?” degan savolni oʻylashga, fikrlashga majbur qiladi.

Manbalarga qaraganda, miloddan avvalgi 800 yillarda bugungi Falastin hududida yahudiylar yashagani va u erda davlat tuzilgani iddao qilinadi. Aslida oʻsha davrda ham, undan oldingi davrlarda ham mazkur hududda arablar ham yashaganini tasdiqlovchi maʻʻlumotlar mavjud. Arablar hozirgi Gʻazo mintaqasidan to tel-Abiyatgacha boʻlgan mintaqalarda yashashgan, ayni paytda yahudiylar ham bu hududda istiqomat qilishgan.

Qurʻʻoni karimda Hazrati Ibrohim alayhissalom Kanʻʻon erlaridan Falastin hududlariga koʻchib oʻtganlari zikr qilinadi. Maʻʻlumki, u zot Xalilur Rohman, Anbiyolar otasi, Ulul azm paygʻambarlarning biri, ham yahudiylik, ham nasroniylik, ham Islomda katta martaba sohibidirlar.

Yana bir muhim maʻʻlumot, Eski ahdga koʻra, Yahova, yaʻʻni Xudo Isroil oʻgʻillariga Nil daryosidan Frod daryosigacha boʻlgan erlarni vaʻʻda qilgan emish. Shuning uchun bu erlar Arzimavud, yaʻʻni vaʻʻda qilingan erlar deyiladi. Ikki daryo oraligʻidagi hududlarda buyuk Isroil davlatini qurish harakati boshlanadi.

Bugungi Isroil davlati tepasida oʻtirgan sionistlarning ham, ularning ajdodlarining ham butun harakatlari, urushlari, siyosiy nayranglari – barchasi mana shu asosiy maqsadga qaratilgan. Bundan tashqari Tavrotning buzilgan sharhi – Talmudni chuqur oʻrgangan tadqiqotchilarni fikricha, mazkur vaʻʻda qilingan er, hozirgi sionistlar daʻʻvo qilayotganchalik katta hudud emas.

Sionistlar nafaqat vaʻʻda qilingan erlarga, balki butun dunyoga ega boʻlish gʻoyasini ilgari suradilar. Ularning nazdida yahudiylar oliy irqligi sabab, butun insoniyat ularga xizmat qilishi kerakligini daʻʻvo qilishadi.

Shu bilan birga Eski ahdda falastinliklarning qadimiy ajdodlari – “palestiylar” deb atalgan arab qavmlar haqida soʻz boradi. Yahudiy va falastinliklarning oʻrtasidagi katta-kichik toʻqnashuvlar, mojarolar oʻsha davrlarga borib taqaladi.

Yahudiylar keyingi davrlarda Misr hududiga borib joylashganlar. Qurʻʻoni karimdagi Yusuf alayhissalom qissasida yahudiylar oʻsha davrlardan boshlab, Misrga koʻchib kelib, tarqalgani bayon qilinadi. U erda toki Muso alayhissalom davrlarigacha hurmat-izzatda boʻlib, keyinchalik Firʻʻavn qavmi qibtiylarining quli boʻlishadi.

Hammadan oʻzini yuqori qoʻyadigan mutakabbir shoh – Firʻʻavn ularga misli koʻrilmagan zulmlar qiladi. Yahudiy erkaklarni qatl qilib, ayollarni xizmatkor qiladi. Alloh taolo Muso alayhissalomga yuklagan katta vazifasi –Firʻʻavn zulmi ostiga tushib qolgan Bani Isroil qavmini Misr tuproqlaridan olib ketib, muborak Quddus atrofidagi erlarga joylashtirish edi.

Xoʻsh, nima uchun yahudiylarga Quddus muborak maskan boʻlib qolgan? Yahudiylar butun tarixlari davomida bir marta oʻzining mustahkam markazlashgan davlatiga, saltanatiga, qirolligiga ega boʻlishgan. Qurʻʻoni karimda keltirilishicha, Tolut ismli shaxs mazkur hududdagi amoliqalar bilan jangga kirishib, ularning engishi natijasida birinchi yahudiylar davlatini tuzadi. Tarixiy manbalarga koʻra, amoliqalar arablarning qadimiy ajdodlaridir. Bundan maʻʻlum boʻladiki, oʻsha davrda ham bu hududda arablar, yaʻʻni bugungi falastinliklarning ajdodlari yashab kelgan.

Tolut hukmronlikni qoʻlga kiritib, davlat tuzgandan soʻng, qisqa vaqtda ham paygʻambar, ham podshoh Dovud alayhissalom hukumatni qoʻlga kiritadilar. Dovud alayhissalomning oʻgʻillari Sulaymon alayhissalom davrida yahudiylar davlati oʻzining juda ham rivojlanish choʻqqisiga chiqqan. Sulaymon alayhissalom Quddusda bir ibodatxona, maʻʻbad quradilar. Bu maʻʻbadni Quddusi Sharifda qurilishi bilan bu erning ahamiyati, hurmati oshib ketadi. Xususan yahudiylar uchun tabarruk maskanga aylanadi.

Miloddan avvalgi 587 yilda yahudlar uchinchi marta isyon qiladilar. Bobil hukmdori Nabukat Nasr II Sulaymon alayhissalom maʻʻbadini er bilan yakson qilib, u erdan yahudiylarni Bobil va uning atroflaridagi hududlarga surgun qilib yuboradi. Surgun hayoti to miloddan avvalgi 539 yilgacha davom etadi.

Miloddan avvalgi 539 yilda Fors imperiyasining qiroli buyuk Kay Hisrav bobilliklarni engib, Quddus va uning atrofidagi Shom hududlariga yahudiylarning kelishiga izn beradi. 40 yillik surgun hayotidan qaytib, vayron boʻlgan Sulaymon alayhissalom maʻʻbadining poydevori ostida  shavkatli tarixlarni eslab yigʻlashadi. Bugungi “Yigʻi devori”ning tarixi ayni shu davrga borib taqaladi. Fors qiroli Sulaymon alayhissalomning maʻʻbadlarini qayta tiklanishga yahudiylarga yordam beradi.

Miloddan avvalgi 63 yillarda Rum imperiyasi forsliklarni hududdan surib chiqarib, oʻz hokimiyatini oʻrnatadi. Miloddan avvalgi 66 yilda Rum imperiyasi yana Sulaymon alayhissalomning maʻʻbadini buzib tashlaydi.

Yahudiylar Sulaymon alayhissalomdan keyin biror marta markazlashgan davlat tuzishga qodir boʻlmadilar. Qabila-qabila boʻlib yashab, ustilarga bosib kelgan saltanatlarga qarshi isyon qiladilar. Natijada ham maʻʻbadlari vayron boʻladi, ham oʻzlari surgun boʻldilar. Milodiy I-IV asrlarda Rum imperiyasi hukmronligida xristianlik asosiy din sifatida qabul qilinadi. Rum imperatori va butun hukmron doiralar xristianlik dinini qabul qilgandan soʻng yahudiylikka nafrat yanada oshadi. Sababi, xristian dini eʻʻtiqodi boʻyicha oʻgʻil xudo Iso paygʻambarni aynan yahudlar xochga osib, qatl qiladi. Shundan keyin ular nafaqat Quddus sharifga kirishi taqiqlanadi, balki butun Rum imperiyasini hududlaridan badargʻa qilinishga olib keladi. Quddusi sharifda yahudiylar Iso alayhissalomni xochga tortib oʻldirgan degan eʻʻtiqod boʻlgani uchun Quddus sharif xristianlar tomonidan ham aziz va tabarruk shaharga aylanadi.

Tarixda bu erlar “Falastin” deb emas, “Shom” deyilgan. Yahudiylarning darbadarligi bu hududni musulmonlar fath qilguniga qadar davom etdi.

Milodiy 638 yilda xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Shom jabhasini fath qiladi. Oʻsha vaqtda Quddus nasroniy ruhoniylar tomonidan boshqarilar edi. Rumlik gʻayridinlarning “Shaharning kalitini faqatgina xalifangizni shaxsan oʻziga topshiramiz”, deb turib olgandan keyin Hazrati Umar roziyallohu anhu Madinadan etib keladi. Xalifa bosh ruhoniy bilan muzokaralar qilib, ularga ahdnoma yozib beradi. Bu birinchi oʻziga xos xalqaro kelishuv, omonnoma edi.

Bundan keyingi musulmon sulolalari xalqaro millatlaro munosabatlarda ana shu Hazrati Umar roziyallohu anhuning omonnomalari asos boʻlib xizmat qildi. Usmoniy davridagi davlat boshqaruvi bunga yaqqol misol boʻla oladi.  Xalifa Umar roziyallohu anhu xristianlar va yahudiylarni bu hududga qayta kirib kelishi, ibodatini qilib, emin-erkin yashashi uchun ruxsat beradi. Uzoq vaqt sarson yashagan yahudiylar aynan musulmonlar davrida bemalol yashash imkoniyatiga ega boʻldilar.

Keyingi davrlarda saltanatlar almashib, xalifalik xulafoi roshidinlardan keyin ummaviylar, abbosiylar, zangiylar, ayyubiylar qoʻliga oʻtdi. Salohiddin Ayyubiy davrigacha musulmon sulolalari qoʻl ostida boʻlib keldi. Sulaymon alayhissalomdan to hozirgi davrgacha u erda yahudiylar soʻz sohibi boʻlmagan. Faqat vaqti-vaqti bilan musulmonlar yoki nasroniylar hukmronligi boʻldi. Maʻʻlum bir vaqt Salb yurishlarini kuchayishi natijasida xristianlar ishgʻol qilgan boʻlsa, Salohiddin Ayyubiy qayta egallab, hukmronligi butun bir asr davom etgan. Soʻngra bu erlar 600 yil Usmoniylar imperiyasi qoʻl ostida boʻldi. Yahudiylar emin-erkin yashab, ibodat qilishdi.

Yahudiylarni koʻchirib borgan joylari asosan, bugungi Evropa davlatlari mintaqalaridir. Evropa ham cherkovning qatʻʻiy boshqaruvi ostida xristianlik dini hukmronligi ostida boʻlgan. Yahudiylar hech qachon Evropa xalqi bilan teng koʻrilmagan, ular doim past haqir sanalgan. Insonlarni nafrati kuchli boʻlgani sabab, kichkina hududlarida yasholmagan. Hayot ularni katta shaharlarda ularning markazlarida “Getto” deb nomlangan maxsus joylarda birikib yashashga majbur qilgan. Ular  Evropaning turli davlatlarida yashasa ham, harbiy askarlikka qoʻshinga olinmagan. Nafaqat davlatning yuqori lavozimlarida, balki davlat idoralarida ishlashga ruxsat berilmagan. Shu bois eski-tuskilar sotib kun koʻrishgan. Sekin-sekin sarroflik, yaʻʻni pul muomalasi bilan shugʻullanib, bankachilikni ijod qilgan. Yahudiylarga er sotilmagan, dehqonchilik qilish imkoniyati boʻlmagan. Evropa yohud boshqa joylarda xususiy er mulk egasi boʻlishi mumkin emasdi.  Faqatgina savdo-sotiq imkoni bor edi. Shu soha bilan qatʻʻiy shugʻullanib, asta-sekin sarroflikdan bankachilikka, bankachilikdan birja savdolarni yoʻlga qoʻydi. Insoniyat tarixida ilk bor pulni pul bilan koʻpaytirish, foyda olish, yaʻʻni foiz savdosini yoʻlga qoʻydi.

XIX asrga kelib, yahudiylar judayam badavlat odamlarga aylandi. Butun tarixi davomida sarson-sargardon yashasa-da, begona xalqqa singib ketish xavfidan qoʻrqib, oʻzligini saqlab qolishga harakat qildi. Yashash uchun kurashda birinchi navbatda, diniga mahkam yopishdi. Urf-odatlarga qatʻʻiy amal qilib, yaqin atrofdagi yahudiylar bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlashdi. Ammo doim tarqoq holda yashashgan. Sababi, yahudiylarning oʻziga xos xususiyati doim biror fitna chiqarish, buzgʻunchilik qilishdir. Ular hech qachon tinch-totuv yashaydigan xalq emas. Nafaqat Islom manbalariga koʻra balki, insoniyat tarixiga nazar tashlasak, qaysi bir saltanat hukmronligi ostida yashashmasin, oʻsha hududdagi osoyishtalikni buzishga qaratilgan harakatlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shuning uchun ham doim surgunlikda, taʻʻqiqda, muhojirlik hayotida yashagan. Bu millatni quvmagan evropa xalqi yoki davlatini oʻzi yoʻq.

Xususan, Buxoro amirligida koʻchib kelgan yahudiylar hayotiga qarasak, ular odamlardan ajralib, eʻʻtibor jalb qilishdan qoʻrqib yashashgan. Jamiyatga qoʻshilsa, boyliklari tortib olinib, uy-joylaridan mahrum qilinishi havfidan choʻchishgan. Asosan, zargarlik, poyafzal taʻʻmirlash kabi pinhona bajariladigan kasblar bilan shugʻullanishgan. Bunday vaziyatda yashaydigan odamlar tabiiyki, tadbirkor, ehtiyotkor va tejamkor boʻladi.

Asrlar davomidagi qiyinchiliklar falastinliklarni ham yahudlarni ham har qanday holatga tayyor turib, qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrib qoʻyishga majbur qilgan.

Falastinliklar ham ishbilarmon, kurashuvchan halqdir. Hozirda arab davlatlarida koʻzga koʻringan lavozimlarda falastinliklar ishlashadi. Murakkab texnologiyalarni bilimdonlari, malakali muhandislar, oliy toifali shifokorlar va boshqa koʻplab kasb egalari boʻlib etishishgan.

XIX asrda yahudiylar moliya sohasi va falsafada bir qancha ilgarilab ketishdi. Inqilobdan keyingi muhit sekin-sekin qaddilarini tiklashda yordam berdi.

1860 yilda Isroil davlatining gʻoyaviy rahnamosi vengriyalik yahudiy Teodor Gertsl dunyoga keldi. U 1896 yilda deryuden Stat nomli kitob yozdi. Butun dunyodagi badavlat, lider yahudiylarga mustaqil davlat tuzish gʻoyasi atrofida birlashishga va amaliy harakatlarga oʻtishga chaqirib xatlar yoza boshladi. 1892 yilda Shvetsiyaning Bazel shahrida birinchi butun dunyo siyonistlarning kongressi boʻlib oʻtadi. Mazkur kongressda dunyoning koʻzga koʻringan yahudiy badavlatlari va yahudiy fikr insonlari bir joyiga toʻplandi. Ular qurilajak yahudiy davlati haqidagi gʻoyalarni ishlab chiqishdi va amaliy harakatlarga oʻtishdi. 1901 yilda Teodor Gertsl Usmoniylarning oʻsha paytdagi podshosi Abdulhamid II bilan birinchi marotaba koʻrishadi. Uchrashuv sababi, Usmoniylarga tobe Falastin tuprogʻini sotib olish edi.

Teodor Gertsl Abdulhamid II ga tashqi qarzlarni toʻlab berishlik evaziga Falastin erlarini soʻraydi. Abdulhamid II “Qon bilan egallangan joylar boylikka sotilmaydi” deb keskin rad javobini beradi. Teodor Gertsl Abdulhamid II ni yana bir necha marta koʻndirishga urinib koʻradi, biroq natija chiqmaydi. Abdulhamid II mazkur hududga yahudiylarning koʻchib kelishini qiyinlashtirish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Afsuski, 1914 yilga kelib, boshqa hukmdor davrida  yahudiylarning soni toʻqson mingtadan oshib ketadi.

1914 yildagi Birinchi jahon urushida avvalgi shon-shavkatini va qudratini yoʻqotgan Usmoniylar imperiyasi Germaniya va Avstriya-Vengriya tomonida urushga kiradi. 1918 yilda urushda magʻlub boʻlib, tamomila yiqiladi. 1917-yilda hali urush tugamasdan, Angliya Tashqi ishlar vaziri Artur Balfor sionistlar liderlaridan biri Volter Rodshilga bir maktub yozadi. Maktubda u Falastin tuprogʻida yahudiylar davlati tuzilishiga qarshi emasligini, aksincha, buning uchun qoʻlidan kelgan yordamni berishini aytadi. Bu bilan Angliya ikki narsani koʻzda tutgan: birinchisi, oʻzining xayrixohligini koʻrsatish orqali Amerikadagi yahudiylarni mehrini qozonish va Amerikani urishga tortish edi. Ikkinchisi esa tinchlikparvar kuchlar sifatida u erga oʻz qoʻshinlarini yuborib, oʻziga tegishli boʻlgan Suvaish kanalining daxlsizligini saqlab qolishdir. Birinchi jahon urushi tugatilgandan keyin Usmoniylar davlati agʻdarilib, Falastin hududlari rasman Angliya qoʻli ostiga kiradi.

Falastin erlariga yahudiylarning koʻchib oʻtishi bir muncha tezlashadi.  Bunga qoʻshimcha ravishda, Evropada boshlangan natsizm harakati yordam berib yuboradi. Gitler boshchiligidagi natsistlar birinchi Olmaniya va Avstriya hududlarida qolaversa, butun Evropa hududida yahudiylarga qarshi “antisemitizm” harakatini boshlab yuboradi. Irq sifatida dushmanligini bildirib, “Yahudiylar dunyodan yoʻq boʻlishi kerak”, degan gʻoyani ilgari suradi. Baʻʻzi manbalarda, Gitlerni mazkur ishga ataylab undalgani haqidagi maʻʻlumotlar bor. Yaʻʻni yahudiy koʻrinishidagi odamlar bir necha nemislarni namoyishkarona oʻldirishadi va vaziyat yana taranglashadi. Natsistlarning  asrlar davomida yahudiylarga boʻlgan nafratini kuchaytirib, qirgʻin boʻlishiga olib keladi. Mazkur harakatlar yahudiylarning butun Evropadan Falastin tuprogʻiga koʻchib oʻtishini yanada tezlashtirib yuboradi.

1945 yilda urushdan keyin bu hududda butun aholining 30foizdan sal koʻprogʻini tashkil qigan yahudiylarni soni 500 ming nafardan oshib ketadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin butunlay holdan toyib chiqqan Angliya imperiyasi dunyo boʻylab oʻzining mustamlakalaridan qutilish yoʻlini oʻylaydi. Oʻsha paytda yangi tashkil topgan Millatlar Ligasiga Falastin taqdirini topshiradi.

1947 yil 23 oktyabrda Millatlar Ligasida bu hududining 56 foiz qismida Isroil davlati, 42 foizida esa Falastin davlati tuziladi va 2 foizi, yaʻʻni Quddus va uning atrofi xalqaro maqomga ega daxlsiz hudud boʻlib qolishi haqidagi qaror muhokamaga qoʻyiladi. Millatlar ligasiga aʻʻzo boʻlgan 57 ta davlat ovoz berish jarayonida ishtirok etadi. Isroil davlati tuzish haqidagi qarorni 57 ta davlatdan 33 tasi qoʻllab-quvvatlaydi. 13 ta davlat, jumladan Turkiya, bu qarorni  rad etadi. Chunki oldindan yashab kelayotgan aholiga 42 foiz, yangi koʻchib kelganlarga 56 foiz hudud taqsimlanishi adolatsizlik degan asosli bir sabab bilan 13 ta davlat rad etadi. 10 ta davlat betaraf qoladi va bitta davlat ovoz berishda ishtirok etmaydi va oʻz-oʻzidan koʻpchilik ovoz bilan Isroil davlati tuzilgani haqida qaror chiqadi.

1948 yil 14 mayda esa Telavivda yahudiylar kengashi, mustaqil Isroil davlati tuzilganini rasman eʻʻlon qiladi. Isroil davlati tuzilishidan norozi boʻlgan atrofdagi arab davlatlari, yaʻʻni Misr, Iordaniya, Iroq va Suriya yangi davlatga qarshi urush eʻʻlon qiladi. Mazkur urush arablarning Isroilga qarshi birinchi urushidir. Tarixchilar urushning maqsadi oʻzlarining qardoshlari falastinliklarga yordam berish uchun edi, deb taʻʻkidlaydilar. Ammo 1949 yil mart oyiga kelib, yangi tashkil topgan Isroil davlati nafaqat urushda gʻolib keladi, balki oʻziga ajratilgan 57 foiz er hududini 78 foizga kengaytirib oladi. Falastinning qolgan tuprogʻi – Gʻazo mintaqasini Misr davlati, Gʻarbiy Sohilni Iordaniya davlati egallab oladi. Urush sabab, Falastin davlati tuzilmay qoldi, ammo Isroil davlati oʻz hududlarini kengaytirib oldi. 1956 yilda Suvaish kanalining qoʻldan chiqarishni istamagan Frantsiya va Angliya Isroilni Misrga qarshi gijgijlaydi. Afsuski, bunga oʻsha paytda mavjud boʻlgan SSSR davlati qatʻʻiy qarshi chiqadi. U gʻarb davlatiga, yaʻʻni Amerika boshchiligidagi kapitalistik lagerga “Isroil tezroq qoʻshinini olib chiqib ketsin, aks holda biz kerakli chora-tadbirlarni amalga oshiramiz”, deb oʻzining ultimatumini qoʻyadi. Amerika, Frantsiya, Angliya chekinib, Isroil ham bosib olgan hududni, yaʻʻni Sinay yarim oroli va Gʻazoni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi.

1967 yildagi ikkinchi Arab-Isroil urushi boʻladi. Urushning avvalida, Isroil harbiy havo kuchlari oldinroq harakat qilib, Misr harbiy havo kuchlariga tegishli 300 tadan ortiq qiruvchi samalyotni aerodromda turgan paytdayoq yakson qilishadi. Iordaniya, Suriyaning ham harbiy havo kuchlari yakson etilgandan keyin toʻliq ustunlik Isroil qoʻliga oʻtadi va beshta Arab davlati sharmandalarcha magʻlub boʻladi. 1973 yilda yana urush boʻladi. Kelishmovchilik, janjal-toʻpalonlar tinmaydigan abadiy urush oʻchogʻiga aylanadi. 1993 yilda Oslovdagi kelishuvda rasman Falastin davlati ramziy bir maʻʻnoda davlat sifatida tan olinadi va Gʻazo boshqaruvi Falastinga beriladi. 1995 yilda esa Gʻarbiy Sohil, maʻʻlum bir shartlar evaziga Falastin davlati boshqaruviga beriladi. Shu bilan mazkur holat bugungacha davom etib kelmoqda.

Afsuski shu vaqtgacha boʻlgan davrda Isroil davlati Falastin tuprogʻini izchillik bilan egallab olishida, Falastin yoʻq boʻlib ketish arafasida turibdi. Hududning 90 foizdan oshiq qismini Isroil nazorat qiladi.

Bugungi kun tarixchilarining yuqoridagi masala yuzasidan turli qarashlari mavjud. Xususan, falastinliklarni zulm ostida qolishiga xalqning Usmoniylarga qilgan hiyonati va oʻz xohishi bilan yahudiylarga tuproq sotganini asosiy sabab qilib koʻrsatishadi. Ammo bu fikrga raddiya sifatida aytish mumkinki, oʻsha vaqtda holdan toygan Usmoniylar davlati shundoq ham parchalanish arafasida edi. Yahudiylar hovli-joylar uchun oʻsha vaqtdagi bozor bahosidan oʻn barobar koʻp narx aytishgan. Ammo bu taklifga rozi boʻlganlar juda kam boʻlgan. Sotilgan erlarni umumiy maydonga nisbatan hisoblansa, 1 foiz ham chiqmasligini koʻrishimiz mumkin.

Bundan koʻrinib turibdiki, falastinliklar oʻz erlariga oʻzgacha sadoqat va hurmatda boʻlishgan. Tarixiy haqiqatni anglab etmagan, chuqurroq oʻrganmagan qoʻshtirnoq ichidagi mutaxassislarning ayblovlari nooʻrin va asossizdir. Adolatsizlik yoʻli bilan tuzib olingan Isroil davlati vaxshiy jinoyatchi, qonxoʻr zulmkor  ekanligiga, bugun hech kim shubha qilmaydi. Falastinliklarni siqib chiqarish, jismonan yoʻq qilishga urinish, hududini oʻzi majburan tark ettirish, tark etmasa oʻldirish, portlatish, insoniyat tarixidan butunlay falastin degan xalqni, davlatni supurib tashlashga ular qatiy kirishgan.  Afsuski dunyo jamoatchiligi bu holatga hozircha amaliy bir harakatga oʻtmadi. Insoniyat bolalar huquqi, ayollar huquqi va inson huquqi kabi shiorlar faqatgina manfaat doirasidagina ishlatiladigan baland-parvoz gap ekanligini oʻz koʻzi bilan guvohi boʻlib turibdi. 

Bu fitna, zulm, botil ishlar uzoq davom etmasligiga, Alloh taolo moʻmin, mazlum bandalarini zolimlar qoʻlidan qutqarishiga ishonamiz va iymon keltiramiz.

Mavzuga aloqador