Ummat oʻz vazifasini unutdi(mi)?!
Usmonlilar saltanati qulagandan keyin islom ummati oʻzining
eng zaif va mashaqqatli kunlarini boshidan kechirdi. Nabiy alayhissalom bu haqda
bizlarni ogohlantirgan edilar. Savbon roziyallohu anhudan etib kelgan hadisda Paygʻambarimiz:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Hali ummatlar sizga qarshi xuddi
ochkoʻzlar (ovqat) laganlariga tashlangandek tashlanadilar, dedilar. “Oʻsha kunda biz
oz boʻlganimiz uchunmi, Ey Allohning Rasuli?” dedi birov. “Yoʻq! U kunda siz
koʻp(boʻla)siz, ammo selning koʻpigi kabi boʻlib qolasiz. Albatta, Alloh
dushmanlaringiz qalbidan sizning haybatingizni sugʻurib oladi va sizning
qalbingizga zaiflik(vahima)ni solib qoʻyadi”, dedilar. “Ey Allohning Rasuli,
zaiflik(vahima) nima?” dedi yana bir kishi. U zot alayhissalom esa: “Vahima bu –
dunyoning muhabbati va oʻlimni yoqtirmaslik(oʻlimdan qoʻrqish)”, dedilar”.
Ushbu hadisi sharifning matni va sanadining sahihligidan
tashqari bugungi kunimizda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar ham, yaʻʻni ummatning parchalanib ketgani,
mustamlakachilik, qaramlik, iqtisodiy va madaniy jihatdan qoloqligi ham, Nabiy
alayhissalomning ushbu hadislariga ishonchimizni orttiradi. Bosniya va Gertsegoviniya, Afgʻoniston,
Iroqdagi qirgʻinlar, Sudanning ikkiga boʻlinishi, arab bahori inqiloblari,
Falastin muammosi va hokazolar vaziyatni yanada teranroq tushunishimizga yordamchi
boʻladi.
Mana shu sodir boʻlgan va boʻlayotgan voqealar tarixiy bir
savolni oʻrtaga tashlaydi: Bu hodisalar koinot va tarixdagi tabiiy qonunlar bilan
belgilab qoʻyilganmi? Hadisi shariflarda xabari berilgan bu ogohlantirishlarning
asta-sekin sodir boʻlishi hali sodir boʻlmagan xushxabarlarning ham muqarrar ekanidan dalolat beradimi? Tarixiy
qonunlardan bexabarligimiz tarix maydonidan chetda qolib, uzoqlashib ketishimizga
bevosita sabab emasmi? Nima uchun Islom ummati tarix yaratish funktsiyasini unutib
qoʻydi? Islom ummati tarix yaratgan edi, musulmonlarning davri tugadimi? Tarixni
oʻzgartirishimiz uchun Qurʻʻon va Sunnatga yana qaytishimiz kerakmi?
Tarix nazariyasi yohud tarix falsafasi haqida yozish eng murakkab
va qiyin tadqiqotlardan hisoblanadi. Chunki bu mavzu bevosita oʻtmish, hozirgi
zamon va kelajak bilan bogʻliq boʻlib, shu bilan birga quyidagi murakkab
savollarga ham javob berishi kerak boʻladi:
- Insoniyat tarixida
bir vaqtning oʻzida uning yoʻli, harakati va rivojlanishini belgilab beradigan
qonun yoki boshqaruv tizimi boʻlganmi?
- Agar boʻlgan boʻlsa,
uning nomi nima?
- Insoniyat tarixining
boshlanishi qanday sodir boʻlgan, u qanday rivojlangan?
- Tarix nazariyasining
asosiy omillari nimalardan iborat?
- Tarix jarayonida
insoniyatning roli qanday?
- Tarix jarayonining
borishida ilohiy omillarning taʻʻsiri bormi?
Shu va shu kabi savollarning echimini topish biz uchun ancha
mushkul. Shuning uchun ham ushbu savollarga javob topishda Qurʻʻoni Karimdagi tarixiy
haqiqatlarga murojaat
qilamiz.
Qurʻʻoni Karim tushunchasiga koʻra tarix shaxslar tomonidan emas
jamiyatlar tomonidan yaratiladi. Shu sababdan ham avvalo yakka shaxslar va
jamoatlarning tarix yaratishdagi taʻʻsirini ajratib olishimiz kerak. Shuningdek,
eslatib oʻtish lozimki, boshqa jamiyatlar kabi musulmon jamoyatlari ham tarix
oldidagi burch va masʻʻuliyatlarini qanday bajarganliklari haqida oxiratda javob
beradilar.
Qurʻʻoni Karimda yakka shaxslar va jamiyatning vazifasi
orasidagi farq yaqqol ajratib berilgan. Unga koʻra yakka shaxslarning vazifasi ikki
oʻlchovga ega: sabab va maqsad. Jamoaning vazifasi esa uchta oʻlchovga ega: sabab,
maqsad va jamiyatning buguni yoki kelajagiga ijobiy yoxud salbiy koʻrsatadigan taʻʻsiri.
Mana,
eʻʻtibor bering! Alloh taolo aytadi: “Biz har bir insonning amalini boʻyniga
ilib qoʻygandirmiz (yaʻʻni, uning qilgan har bir amali ikki dunyoda unga
ajralmas hamroh boʻlur). Biz Qiyomat Kuni unga ochiq holda roʻbaroʻ boʻladigan bir
kitobni (yaʻʻni, nomai aʻʻmolini) chiqarib koʻrsaturmiz. (Va unga
deyilur): «Kitobingni (yaʻʻni, nomai aʻʻmolingni) oʻqi! Bugun oʻz nafsing
oʻzingga qarshi etarli hisob-kitob qilguvchidir» (Isro surasi, 13–14-oyatlar).
Demak,
har bir insonning katta-yu, kichik, yaxshi va yomon, toʻgʻri va xato ishlarini, zarra
misqolicha boʻlsa ham, bitta qoldirmay yozib boriladigan kitobi bor. Kishi qilgan
ishlarini odamlardan, qoʻshnisidan, oilasidan, hatto eng yaqinidan ham yashirishi
mumkin. Ammo u ishlar yuqoridagi oyatda aytilgan “kitob”dan chetda qolib ketmaydi.
Bu haqiqat koʻpchilik musulmonlarga maʻʻlum. Har bir musulmon qilgan yoki qilmagan
ishlari uchun Alloh oldida javob berishini biladi.
Ammo
quyidagi oyatda yuqoridagi oyatdan koʻra vaziyat biroz boshqacha. Bu oʻrinda yakka
shaxlarning emas, jamiyatning amallar kitobi haqida soʻz boradi.
Alloh
taolo aytadi: «Har bir ummatni tiz choʻkkan holida koʻrursan. Har bir ummat oʻz
nomai aʻʻmoliga chaqirilur: “Bugungi kunda qilib yurgan amallaringizning jazosi (ajri)ni
olursiz. Mana bu kitobimiz sizga haqni nutq qilur. Albatta, Biz qilgan
amalingizni yozib turgan edik” (deyilur)» (Josiya surasi,
28–19-oyatlar).
Ushbu
oyatda yakka shaxsning emas, ummatning yaʻʻni jamiyatning kitobi haqida gap ketmoqda.
Yanada aniqroq aytadigan boʻlsak, Parvardigori huzurida tiz choʻkib turgan, jamoa
oʻlaroq qilgan amallari bitilgan kitobini taqdim etayotgan ummat – jamiyat haqida
gap ketmoqda. Oyati Karimadagi: “Albatta, biz qilgan amallaringizni yozib turgan
edik”, degan jumlaga ham eʻʻtibor bering. Bu oyatda aytilayotgan “yozib turgan
edik” jumlasi, huddi tarixchilarning solnomasidek yillar va voqealardan iborat
emas. Balki u kitobda jamiyatning buguni va ertasiga ijobiy yoki salbiy taʻʻsir
oʻtkazadigan harakat va harakatsizliklari yozib boriladi.
Biz
yuqoridagi ikki oyat orqali yakka shaxlarning va jamiyatning amallari yozib
boriladigan kitobi boʻlishi haqida bilib oldik. Demak, Rabbimiz huzurida nafaqat
yakka shaxs sifatida qilgan ishlarimizga javob beramiz, balki jamiyat oʻlaroq ham
qilgan va qilmagan ishlarimiz haqida soʻralamiz. Har bir jamiyat oʻzining buguni va
kelajagi uchun nima qildi, nima qilishi mumkin edi-yu qilmadi, jamiyat boʻlib qilgan
ishlari bugun va kelajakka ijobiy taʻʻsir koʻrsatdimi, yoki salbiy – mana shularning
hammasiga ummat oʻlaroq javob beradi.
Alloh
taolo aytadi: “Osmonlar va Erdagi bor jonzot (Qiyomat Kunida) Rahmon (huzuriga)
boʻyinsungan holda kelur. U zot ularni
sanab-aniqlab qoʻygandir” (Maryam surasi, 93–94-oyatlar). Bu oyatda ham
har bir banda Allohning huzuriga yakka-yakka, alohida-alohida kelishi haqida xabar
berilmoqda. Ikkinchi holatda esa yakka-yakka emas, jamoa boʻlib Alloh huzuriga
keladilar. Bu paytda jamiyat oʻlaroq qilingan ishlar soʻroqqa tutiladi. Ijtimoiy
munosabatlar haq ustiga qurilganmi yoki yoʻqligi uchun javob beriladi. Aslida,
etakchilikka loyiq, rahbarlikka munosib boʻlgan odam gohida quyi oʻrinda boʻlishi
mumkin. Yoki uning aksi. Ana shu kunda bu munosabatlar oʻz oʻrniga
qaytariladi. Bu kun Qurʻʻoni Karimda “tagʻobun – almashtirib olish, bir birini
aldash” deb atalgan. Tagʻobun – baʻʻzi kishilarning aldanganliklari oshkor boʻlib
qoladigan kun. Yaʻʻni,
u kunda zolim va mazlumning oʻrni almashadi. Zolimlarning oʻz kuchiga ishonib,
aldanib yurgani oshkor boʻladi. Jamiyatdagi har bir narsa oʻz oʻrniga qoʻyiladi. “U
sizlarni “Jamlash kuni”ga toʻplaydigan paytni eslang. U kun “tagʻobun” kunidir” (Tagʻobun surasi, 9-oyat).
Xulosa qiladigan boʻlsak, insoniyat oxiratda nafaqat oʻzi uchun
balki jamiyat uchun ham, jamiyatdagi adolatsizliklar uchun, jamiyatning buguni yohud
kelajagiga taʻʻsir oʻtkazadigan ishlari uchun, yoki jamiyat kelajagiga ijobiy taʻʻsir
oʻtkazish, jamiyatni oʻzgartirish imkoni boʻla turib harakat qilmagani uchun ham ummat
sifatida, jamoaviy javob beradi.
Bugun islom ummati oʻz oldiga qoʻyilgan ana shu vazifani unutib
qoʻydi. Biz faqat oʻzimizni oʻylaydigan, yakka tartibda, xudbinlarcha harakat
qiladigan boʻlib qoldik... Jamoa sifatidagi
masʻʻuliyatimizni yoʻqotdik.
Alloh
hammamizni afv etsin va toʻgʻri yoʻlga yoʻllasin!..
Fuad
Harija,
marokashlik
yozuvchi va tadqiqodchi.
Oʻzgartirish
va qoʻshimchalar bilan tarjima qilindi