24.01.2024 10:45

Mardlar urushi

Bugun bir video koʻrib qoldim. Gʻazodagi haqiqiy jang sahnasi. Bir guruh Isroil harbiylari bir uyda HAMAS bilan otishmoqda. Bir askar yaralanadi, soʻng boshqa bir xonaga chekinishadi. Videoda faqat ikki harbiy avtomatdan otayotganini koʻrish mumkin, qolganlar qoʻrqqanidan burchakka tiqilib olgan va aftidan, yordam kuchlari kelishini kutishmoqda. Video harbiylardan biridagi bodikameradan tasvirga olingan. Isroil oʻz magʻlubiyati, ojizligini har qanday yoʻl bilan boʻlsa ham bekitishga urinishini hisobga olsak, katta ehtimol bilan bu bosqinchilar HAMAS tomonidan qirib tashlangan va video ular tomonidan eʻʻlon qilingan.

Yahudiylar qanchalik qoʻrqoq boʻlmasin, qurolsiz, ojiz ayollar va bolalarga nisbatan “sher” boʻlishini butun dunyo bildi. Shunda ham tishidan tirnogʻigacha qurollangan holatda! Ammo biror joyda HAMAS askarlarining ayollar va bolalarni qoʻyaturing, birorta tinch aholi vakilini nohaq qatl qilganini koʻrdingizmi? Men koʻrmadim. Aksincha, hatto harbiy asirlarga ham chin insonlik muomalasida boʻlinganini ozod qilingan isroilliklar oʻz tillari bilan aytishdi. Asirlar almashinuvi jarayonida hatto ularning soppa-sogʻ, ozoda va yuzlarida tabassum bilan chiqqani butun dunyoni taʻʻsirlantirdi. Isroilchi? Hatto bolalarni qanchalik qiynagani, mayib-majruh, kasalmand holda qoʻyib yuborganiga guvoh boʻldik. Evropalik ayolning kimning qoʻlida asirlikda qolishni tanlardingiz, HAMASmi, Isroilmi, deb soʻragan soʻrovnomasiga gʻarbliklar katta farq bilan HAMASni tanlagani ularning naqadar ahloqli, naqadar mardonavor urush olib borayotganidan, asirlarga hatto baʻʻzi hukumatlar oʻz fuqarolariga ravo koʻrmaydigan yumshoq muomalani qilayotganidan darak beradi.

***

Insonlar turli sabablarga koʻra bir-biri bilan jang qilishi mumkin: himoya, ishgʻol, tabiiy resurslar vahokazolar uchun. Urushish – yaxshimi-yomonmi, inson tabiatiga jo qilingan xususiyat. Tarix davomida odamlar muntazam urishib kelgan. Oʻtmish sahifalarini varaqlasangiz, biror yil, biror asr yoʻqki ikki xalq, ikki davlat, ikki toifa bir-birini qirgʻinbarot qilmagan boʻlsa.

Ammo. Urushning urushdan farqi bor. Urushning oʻz yozilgan-yozilmagan qoidalari bor. Tinch aholi, ayollar va bolalarni qatliom qilmaslik, asirlar va yaradorlarga insonona munosabatda boʻlish ushbu qoidalarning bosh mezonidir. Urush sababi qanday boʻlishidan qatʻʻi nazar, ayrim istisnolarni hisobga olmaganda, asrlar davomida bu oltin qoidalarga amal qilingan. Toʻgʻri, asir va oʻlja olish, qul qilish holatlari boʻlgan. Ammo asir va qullarga ham insondek muomalada boʻlingan, ularning haq-huquqlariga rioya qilingan. Bu qoidalarga zafar qozongan tomonning dini yoki eʻʻtiqodidan qatʻʻi nazar amal qilingan. Shuning uchun ham bu maydonni mardlar maydoni deb atashgan.

Urush maydonida mard boʻlish nima bergan? Yo sharafli oʻlim, yoki tinch-xotirjam hayot. Axir shusiz ham katta yoʻqotishlarga uchragan qurolsiz va ojiz insonga zulm va tajovuz qilgan kishi butun umr tinch-xotirjam yashashiga ishonasizmi? Tinch uxlab, dahshatli tushlar koʻrmasligiga-chi? Garchi oʻziga oʻsha vaqtdagi qilmishlarini oqlash uchun minglab baholarni oʻylab topganiga qaramasdan, risoladagidek yashashiga men aslo ishonmayman.

***

Sovuq urush davridan bugungi kunga qadar dunyoning turli nuqtalarida qonli urushlar olib borayotgan AQSh Vʻetnam (1955-1975 yillar), Iroq (2003-2011), Afgʻoniston (2001-2021) va boshqa hududlarda millionlab insonlarning oʻlimi, boshpanasiz va vatansiz qolishiga sababchi boʻldi. Ayni paytda, yuz minglab askarlari urushlardan mayib-majruh, ruhiy xasta boʻlib qaytdi.

Birgina Vʻetnam urushida AQSh “Napalm” (yonayotgan olov purkovchi qirgʻinbarot qurol), “oranj” (daraxt va qishloq xoʻjaligi ekinlarini yoʻq qiluvchi kimyoviy qurol) kabi dahshat soluvchi qurollardan foydalanib, yuz minglab tinch aholi vakillarining oʻlimiga sabab boʻldi. 58 ming qurbon bilan bir qatorda son-sanoqsiz (urushda 2,5 mln askar qatnashgan) ruhiy xastalar armiyasiga ham ega boʻldi.

AQShning Vʻetnamdagi urushiga qarshi boʻlgan asosiy faollardan biri Devid Kortraytning eʻʻtirof etishicha, Vʻetnam urushi veteranlari depressiya, qaramlik (ichkilik yoki narkotiklarga), zoʻravonlik va suitsidga moyillikdan aziyat chekishgan, shu sababli juda koʻplarining oilalari buzilib ketgan. AQShning Vʻetnam va Afgʻonistondagi urushlarida qatnashgan sobiq harbiylar orasida oʻz joniga qasd qilish dajarasi juda yuqori. Bugun ham AQShning yirik shaharlarida boshpanasiz sogʻlom, baquvvat va yosh-yosh erkaklarni koʻplab uchratasiz. Ularning aksariyati aynan urushlarda olgan psixologik jarohatlari oqibatida yarim telbalarga, darbadarlarga aylanib qolishgan.

Yoki sobiq SSSRning Afgʻonistondagi, bugungi Rossiyaning Ukrainadagi adolatsiz va nohaq urushlari oqibatida ham minglab harbiy xizmatchilar katta psixologik jarohatlar olishdi, olishda davom etmoqda. Har holda “kontuziya” soʻzi biz oʻzbeklarga ham notanish emas. Ular ham aslida urush qurbonlari, biroq nohaq, nomard urushning.

***

Yana Gʻazodagi urushga qaytamiz. Isroil matbuoti maʻʻlumotlariga koʻra, shu 110 kunlik urush davomida 30 mingga yaqin harbiy xizmatchi turli darajada jarohatlangan, ularning katta qismi ruhiy jarohat olgan boʻlib, hatto tunlari qoʻrqqanidan peshob qilib chiqayotganini ham tan olmoqda.

Ishonch bilan aytamanki, Gʻazoda urush tugaganidan soʻng gʻolib hamaschilarning birortasi umrining qolgan qismini dahshat va ruhiy xastaliklar bilan oʻtkazmaydi, aksincha, xotirjamlik, qalbidagi faxr va gʻurur, sharaf hissi bilan yashaydi. Chunki, birinchidan, ular oʻz vatani, millati, dini va sharafini himoya qilmoqda, ikkinchidan, mardlarcha urishyapti, faqat dushmanning harbiylashgan qismlarini mardonavor yoʻq qilmoqda.

Ularning har bir zafarli odimlaridan urushsang, mardlarcha urush, oʻlsang, sharaf bilan oʻl, degan maʻʻnoni anglagandek boʻlyapman.

Sanjar Said

Oʻxshash maqolalar

HAMASsiz dunyo tinchroq boʻlarmidi…

Gʻazoliklar matonati tufayli 30 nafar avstraliyalik ayol Islomni qabul qildi

Isroil matbuoti: Gʻazoga hujumlar boshlanganidan buyon 4 ming harbiy xizmatchi nogiron boʻldi

“Dahiya doktrinasi”: sionistlar vahshiyligi oʻzlariga qarshi ishlashni boshladi

Gʻazo maydon egalaridan ilk hikoya

Isroilning Gʻazoga hujumlari Gʻarbda musulmonlar tushunchasini ijobiy tomonga oʻzgartirdi

“Bizni chiqindidek uloqtirdingiz” – Gʻazodan qaytgan Isroil askari

Shayx Ahmad Yosindan ummati Muhammadga maktub!

Falastinliklar nega HAMASni ayblamayapti?

Senator: Isroil reputatsion urushda magʻlub boʻlmoqda

Falastin qarshilik harakati asoschisi shayx Izzuddin al-Qassom kim?

“Alloh qaerda? Nima sababdan U Gʻazo uchun qasos olmayapti?”, deya savol beruvchilarga

Isroil inson huquqlari tashkiloti: Isroil HAMASga emas, Falastinning tinch aholisiga qarshi kurashmoqda

Mavzuga aloqador