Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShga tashrif buyurib, Amerika etakchisi Jo Bayden va Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson bilan uchrashadi.
AQSh universitetlari prezidentlari Falastin tarafdorlari norozilik namoyishlari oʻtkazgani tufayli AQSh Kongressida tanqidlarga duch kelishmoqda.
Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlarida oʻlganlar soni oxirgi 24 soatda 297 kishi ortib, 17 997 nafarga etdi.
Gʻazo urushi boshlanganidan beri 370 mingga yaqin isroillik mamlakatni tark etdi va ular qaytib keladimi yoki yoʻqmi, hozircha nomaʻʻlum, deb yozmoqda Isroil matbuoti.
Isroil kuchlari ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda joylashgan Xevron shahrida 26 yoshli falastinlikning uyiga bostirib kirib, uni otib oʻldirdi.
Isroil-Falastin mojarolari avj olishi fonida oxirgi 57 kun ichida AQShda musulmonlar va falastinliklarga nisbatan nafrat toʻlqini misli koʻrilmagan darajada kuchaygan.
Isroil Gʻazoda qatliom qilayotgan bir vaqtda, dunyoning koʻplab mintaqalarida norozilik namoyilari boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, Yaponiya poytaxti Tokioda yuzlab yaponlar "Gʻazoda genotsidni toʻxtating", "Falastinni ozod qiling" kabi shiorlar bilan koʻchaga chiqishdi.
Dunyoga mashhur koʻplab galereyalar ijodkorlarning Isroil-Falastin masalasidagi pozitsiyalari tufayli koʻrgazma, taqdirlash marosimlari va rassomlar bilan boʻlajak kelishuv muzokaralarini bekor qilmoqda.
AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining dunyoning 80 davlati tomonidan ilgari surilgan Gʻazoda zudlik bilan gumanitar sulh talab qilingan rezolyutsiyasiga veto qoʻydi.
Angliyada asosiy muxolifat etakchisi Keir Starmerga "Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirish uchun yana qancha bola qurbon boʻlishi kerak?" degan savolni bergan ikki shaxs hibsga olindi.