Angliyada asosiy muxolifat etakchisiga norozilik bildirgan ikki nafar Falastin tarafdori hibsga olindi
Angliyada asosiy muxolifatdagi Mehnat partiyasi rahbari Keir Starmerga "Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish chaqiriqlarini qoʻllab-quvvatlamadi" degan sabab bilan norozilik bildirgan ikki nafar Falastin tarafdori qoʻlga olindi.
Starmer Shotlandiya Mehnat partiyasining tantanali kechki
ziyofatida qatnashish uchun Glazgoga poezd safari chogʻida va safardan keyin vokzalda
bir guruh insonlar tomonidan noroziliklarga duch keldi.
Sayohat davomida unga yaqinlashgan kishi: "Keir, Falastinda oʻt ochishni
toʻxtatishga chaqirishgacha yana
qancha bola oʻlishi kerak? 7 mingdan ortiq bola halok boʻldi. 7 mingdan ortiq bola
Isroil tomonidan oʻldirildi. Bu qabul qilinishi mumkin emas. Qani inson
huquqlari, qani demokratiya?”
deya savollar berdi.
Keir
Starmer sukut saqlab turgan
vaqtda xavfsizlik xodimlari asosiy muxolifat etakchisiga munosabat
bildirgan shaxsni olib ketishga
harakat qilishdi.
Shotlandiya Politsiya xizmati matbuot kotibi voqea ortidan
bergan bayonotida namoyishdan xabardor ekanligi, politsiyaga qarshilik
qilgan ikki kishining hibsga olingani va tergov davom etayotganini bildirdi.
Asosiy muxolifat etakchisi Starmer oʻz partiyasi deputatlari va
saylovchilarining Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi chaqiriqlarini rad etib kelmoqda.
Leyboristlar partiyasining 7 oktyabrdan beri Isroilni
qoʻllab-quvvatlagan bayonotlari va Starmerning "Isroilning Gʻazoga suv,
oziq-ovqat va yoqilgʻi kirishiga toʻsqinlik qilishga haqli" degan daʻʻvolari
partiyada bahs-munozaralarga sabab boʻldi.
Starmer oʻzining keyingi bayonotida uning soʻzlari notoʻgʻri
tushunilganini aytdi.