09.12.2023 10:48

AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining Gʻazoda zudlik bilan gumanitar sulh talab qilingan rezolyutsiyasiga veto qoʻydi

BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yigʻilishida 80 dan ortiq davlat tomonidan taqdim etilgan Gʻazoda zudlik bilan gumanitar sulh tuzish talab qilingan rezolyutsiya loyihasi ovozga qoʻyildi.

Xavfsizlik kengashining 15 aʻʻzosidan 13 tasi oʻt ochishni toʻxtatish loyihasini yoqlab ovoz bergan boʻlsa, faqat AQSh sulhni rad etdi. Britaniya ovoz berishda «betaraf» qoldi.

Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʻʻzosi boʻlgani sababli AQSh tomonidan «yoʻq» ovozi berilgani loyihaning rad etilishiga sabab boʻldi.

Hamas siyosiy byurosi aʻʻzosi Izzat al-Rishq Gʻazoda zudlik bilan gumanitar sulh talab qilingan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiya loyihasiga AQSh tomonidan veto qoʻygani haqida Telegram`dagi sahifasida yozma bayonot berdi.

Rishk Vashingtonning Xavfsizlik Kengashining Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasiga qarshi veto qoʻllashini keskin qoraladi.

"Biz buni axloqsiz va gʻayriinsoniy munosabat deb oʻylaymiz. AQShning oʻt ochishni toʻxtatish qaroriga toʻsqinlik qilishi - bosqinchi Isroil xalqimizni oʻldirishda bevosita ishtirok etish va yana qirgʻin va genotsidga chaqirishdir", - deb yozdi u.

Eslatib oʻtamiz, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning BMT Nizomining 99-moddasiga asoslanib Kengashga yuborgan maktubidan iqtibos olingan rezolyutsiya loyihasida Gʻazo sektoridagi dahshatli gumanitar vaziyat va Falastin xalqining azoblariga ishora qilinib, barcha fuqarolik jamiyatlari himoya qilinishi kerakligi taʻʻkidlangan.

Shoshilinch insonparvarlik sulhiga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasida barcha tomonlar xalqaro huquq doirasidagi majburiyatlarini bajarish, ayniqsa tinch aholini himoya qilishga chaqirildi.

Rezolyutsiya loyihasida barcha asirlarni zudlik bilan va soʻzsiz ozod qilish hamda insonparvarlik yordamidan foydalanish imkoniyati yaratilishi talab qilingan.

AQShning BMTdagi doimiy vakili Robert Vud rezolyutsiya loyihasida HAMASning qoralanmagani va ayrim Kengash aʻʻzolarining bu masalada sukut saqlashini qabul qilish mumkin emasligini bildirdi.

Bosh kotib Guterrish oʻz vakolati davomida birinchi marta oʻz vakolatlaridan foydalangan, Gʻazodagi gumanitar falokatning oldini olish uchun BMT Nizomining 99-moddasiga asoslanib, 6 dekabrʻ kuni BMT Xavfsizlik Kengashiga maktub yoʻllagan edi.

Guterrish "Xavfsizlik Kengashi aʻʻzolarini gumanitar falokatning oldini olish uchun bosim oʻtkazishga chaqiraman va insonparvarlik sulhining eʻʻlon qilinishi talabimni takrorlayman. Bu juda dolzarb" degan edi. 

Mavzuga aloqador