11.12.2023 11:33

Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Bayden va Vakillar palatasi spikeri bilan uchrashadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 11 dekabrʻ, dushanba kuni AQShga tashrif buyurib, Amerika etakchisi Jo Bayden bilan uchrashadi. Bu haqda prezident devoni Telegram`da maʻʻlum qildi.

Qayd etilishicha, Vashingtondagi muzokaralarda asosan Ukraina va AQSh oʻrtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikni davom ettirish, xususan, qurol-yarogʻ va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalar, shuningdek, kelgusi yilda ikki davlatning saʻʻy-harakatlarini muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Oq uy matbuot xizmatining taʻʻkidlashicha, Zelenskiy-Bayden uchrashuvi "Rossiya Ukrainaga qarshi raketa va dron hujumlarini kuchaytirayotgan bir paytda" juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Vladimir Zelenskiy, shuningdek, AQSh parlamentining quyi palatasi – Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson bilan ham uchrashadi. Mayk Jonson Ukrainaga ajratilishi soʻralayotgan moddiy mablagʻlarni mamlakat janubiy chegaralarida immigratsiya islohotlariga yoʻnaltirishni taklif qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta AQSh Senati Ukrainaga harbiy yordamni qoʻshimcha moliyalashtirish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini rad etgan edi.

Mavzuga aloqador