09.12.2023 14:09

Isroil askarlari ishgʻol qilingan Gʻarbiy Sohilda bir falastinlikni oʻldirdi

Isroil kuchlari ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda joylashgan Xevron shahrida 26 yoshli falastinlikni oʻldirdi.

WAFA Falastin rasmiy agentligi maʻʻlumotlariga koʻra, Isroil kuchlari Xevron shahrining Dora mavzesida Sari Yusuf Abdulqodir Amrning (26) uyiga bosqin uyushtirgan.

Bosqin paytida Isroil askarlari tomonidan ochilgan otishma natijasida Amr halok boʻlgan.

Yusuf Amrning otasi Isroil askarlari uy ichida uning oʻgʻliga qarata oʻt ochgan va ogʻir yaralangan oʻgʻlining qon yoʻqotayotganiga hech kimning aralashishiga ruxsat bermaganini maʻʻlum qildi.

Akasi Suheyb va Sarining nazoratga olinib, yaralangan holda olib ketilganini ifoda etgan ota Isroil kuchlari bosqin chogʻida uyni vayron qilganini, ketayotganda esa 2 ta mashinani tortib olganini aytdi.

Shuningdek, Isroil kuchlari uydan 400 ming shekel (taxminan 108 ming dollar) naqd pul va cheklarni ham olib chiqib ketgan.

Mavzuga aloqador