Isroil armiyasi xalqaro miqyosda qoʻllanilishi taqiqlangan oq fosforli oʻq-dorilari borligini tan oldi.
Rossiya 2024 yil 31 mayga qadar qattiq bugʻdoy eksportiga cheklov joriy etdi.
Garvard universitetining 500 ga yaqin professor-oʻqituvchilari antisemitizmda ayblanib isteʻʻfoga chiqqan rektor Klodin Geyni yoqlab petitsiyaga imzo chekdi.
Isroil hujumlari oqibatida Gʻazo sektorida halok boʻlgan jurnalistlar soni 86 nafarga etdi.
AQSh Senati aʻʻzosi Berni Sanders Isroil falastinlik tinch aholiga qarshi hujumlari tufayli dunyo hamjamiyati oldidagi obroʻsini yoʻqotayotganini taʻʻkidladi.
IISS 2023 yilda dunyoda 183 ta mintaqaviy mojarolar yuz bergani, qurbonlar soni 2022 yilga nisbatan 14 foizga, zoʻravonlik holatlari esa 28 foizga oshganini maʻʻlum qildi.
Qarorlari ijrosi majburiy boʻlmagan BMT Bosh Assambleyasi seshanba kuni Gʻazodagi gumanitar inqirozni muhokama qilish uchun yigʻiladi.
JSST ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektoridagi tibbiyot muassasalariga Isroil tomonidan 449 dan ortiq hujumlar uyushtirilganini maʻʻlum qildi. Avval mavjud boʻlgan 36 ta kasalxonadan 14 tasi ishlamoqda.
Hindiston Oliy sudi Jammu va Kashmir shtatining maxsus maqomini bekor qiluvchi qonunning haqiqiyligini tasdiqladi.
Isroilning AQShdagi lobbisi Falastinni qoʻllab-quvvatlagan talabalarga qarshi chora koʻrishdan bosh tortgan Pensilʻvaniya universiteti rektori Elizabet Magillni ishdan boʻshatishga erishdi.